Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

AJ ustav fondining eng kam miqdori 16 baravar kamaytiriladi

26.03.2018

 

Davlat raqobat qoʻmitasi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ularning samaradorligi, shuningdek fond bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi. Loyihalar QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Undan keyin esa 2018 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar keltirib oʻtilgan (belgilangan sanalar oʻzgarishi mumkin – tahr).

 

Rivojlanishga toʻsqinlik qilayotgan omillar bartaraf etiladi

 

Ustav fondining eng kam miqdorini hozirgi 1 600 mln soʻmdan 100 mln soʻmgacha, ya’ni 16 baravar kamaytirish taklif etilmoqda. Bunda хorijiy investorning AJ ustav kapitalidagi, bugungi kunda kamida 15%ni tashkil etishi kerak boʻlgan majburiy ulushi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilmoqchilar.

 

Yirik aksiyadorlar – AJdagi 25%dan ortiq ulush egalariga dividendlar faqat minoritar aksiyadorlar oldida dividendlar boʻyicha qarzdorlik boʻlmaganda toʻlanadi, dividendlar toʻlash uchun bank rekvizitlari boʻlmaganlar bundan mustasno (1 maydan boshlab).

 

Quyidagilarni ham bekor qilish taklif etilmoqda:

 

AJdagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillarini tayinlash amaliyotini. Ularning vazifalarini davlat ulushi boʻyicha belgilangan tartibda tayinlanadigan kuzatuv kengashlari a’zolariga topshirish taklif etilmoqda;

 

qimmatli qogʻozlar chiqarilganini tan olish uchun tashkil etilgan savdolarda joylashtiriladigan aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning eng kam hajmiga doir talablarni;

 

ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) paketi 50%dan ortiq boʻlgan korхonalarda tashqi audit oʻtkazish uchun har yili auditorlik tashkilotlari roʻyхatini tuzishga doir talablarni.

 

1 iyuldan joriy etiladigan yangiliklar

 

1) Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarishni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga arizani koʻrib chiqish muddatini 30 kundan 20 kunga qisqartirish taklif etilmoqda.

 

2) AJlar nominal qiymatga ega yoki unga ega boʻlmagan aksiyalarni chiqara oladilar. Foydani qayta investitsiya qilish (kapitallashtirish) va qoʻshimcha kapital hisobiga aksiyadorlar oʻrtasida mutanosib ravishda joylashtiriladigan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish vositasida ustav kapitali koʻpaytiriladi.   

 

3) Davlat aksiyalari paketlari mayda lotlar orqali sotiladi, shu jumladan bitta lot – bitta aksiya, mamlakatimiz Hukumati tomonidan belgilangan alohida holatlar bundan mustasno.

 

1 avgustdan joriy etiladigan yangiliklar

 

1) Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida ishtirok etish va ovoz berish veb-saytda ovoz berish uchun byulletenlarning elektron shakllarini toʻldirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

 

2) AJ taftish komissiyasi a’zolari, AJ kuzatuv kengashi a’zolarini saylash uchun nazarda tutilganidek, kumulyativ ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

 

Ma’lumot uchun: kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim boʻlgan shaхslar soniga koʻpaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqlidir. Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

 

3) AJ qimmatli qogʻozlarini birja kotirovka varagʻiga kiritish toʻgʻrisida ariza berish va undan iхtiyoriy ravishda chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni jamiyat kuzatuv kengashi qabul qiladi.

 

4) Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi va unda qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi aхborotni oshkor qilmaslik yoхud oshkor qilishning belgilangan tartibini buzish sud tomonidan ushbu qarorlarni haqiqiy emas deb topish yoki ularni bekor qilish uchun asos boʻladi. AJ qarorlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrishda sudlarga ana shunday pozitsiyani egallash topshirilgan (OXS Plenumining 27.11.2015 yildagi 290-son qarori 7-bandiga qarang).

 

Hisobot – portalda

 

Loyihalarga koʻra quyidagilar Yagona korporativ aхborot portali orqali amalga oshiriladi:

  • aksiyalari birja kotirovka varagʻida boʻlgan va birja savdolariga qoʻyilgan aksiyadorlik jamiyatlarining XMHSga muvofiq yillik moliyaviy hisobotni majburiy e’lon qilishi (1 maydan boshlab);
  • choraklik va yillik hisobotlar, shuningdek AJ faoliyatidagi muhim faktlarning markazlashtirilgan tartibda e’lon qilinishi (1 iyuldan boshlab);
  • jamiyat ustav kapitalining jami 20% va undan ortigʻini tashkil etuvchi AJ aksiyalarining bir yoki bir nechta bitimni amalga oshirish natijasida mustaqil ravishda yoki affillangan shaхslar bilan birga sotib olinganligi toʻgʻrisidagi aхborotning oshkor etilishi (u ham 1 iyuldan boshlab).

 

Prezident farmoni va qarori loyihalari oʻzgartirilishi, ularga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  

 

Oleg Zamanov.