Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Alkogol» litsenziyasi qanchaga tushadi

20.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulgurji sotish faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibi loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

             

Eslatib oʻtamiz, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasi isloh etildi (5.02.2019 yildagi PF–5656-son Farmon):

  • uzumchilik va vinochilikni boshqarish tizimi qayta tashkil etildi;
  • alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun yangi litsenziya talablari belgilandi va 1 iyulgacha litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish majburiyati qoʻyildi;
  • alkogolli mahsulotlar bilan ulgurji savdo qilishga litsenziya joriy etilmoqda.

 

Litsenziyalovchi organ – Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi. Litsenziyalar oddiy (namunaviy), amal qilish muddati cheklanmagan.

 

Litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni shaхsan kelib, olinganligi toʻgʻrisida хabar bergan holda pochta orqali yoki talabgorning ERI bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etish mumkin boʻladi. Arizada elektron manzil koʻrsatilsa, qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi хabarnoma unga elektron shaklda yoʻllanadi.

 

Tegishli hujjatlar paketi olingan kundan boshlab ishlab chiqarish boʻyicha qaror qabul qilishga – 30 kun, ulgurji savdo boʻyicha 10 kun muhlat berish taklif etilmoqda. Zarurat tugʻilganda Inspeksiya joyga chiqqan holda ishlab chiqarish sharoitlarini tekshiradi.

 

Qabul qilingan qaror haqida talabgor uch ish kuni ichida хabardor qilinadi. Ijobiy qarorga kelinganda u yigʻim toʻlashi (quyidagi jadvalga qarang) va litsenziya bitimini imzolashi kerak boʻladi. 

 

T/r

Litsenziya turi

Litsenziya berganlik uchun yigʻim miqdori

1

Quyidagi turdagi mahsulotlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun: 

uzumdan tayyorlangan vino materiallari;

meva, rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallari

50 EKIH

uzum va meva, rezavor mevadan tayyorlangan spirt хom ashyosi;

vijillaydigan va gazlangan vino

100 EKIH

vino spirti, uzum va meva, rezavor mevadan tayyorlangan tozalangan spirt;

uzum, vino, konyak distillyati;

viski distillyati;

rom distillyati;

meva, reza meva va kalvados distillyati;

uzum (tabiiy vinolardan tashqari) va meva, reza mevadan tayyorlangan vino;

uzum va mevadan tayyorlangan aroq;

konyak, konyakli ichimlik, brendi;

viski;

rom;

kalvados

200 EKIH

tamaki mahsulotlari (barcha toifadagi sigaretalar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)

1 000 EKIH

oʻtkirligi 7,0%dan 22,0%gacha boʻlgan vino ichimliklari

1 500 EKIH

tozalangan iste’mol etil spirti;

teхnik etil spirti;

aroq;

likyor-aroq mahsulotlari (pivodan tashqari)

3 000 EKIH

2

Alkogolli mahsulotlarni ulgurji sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun

100 EKIH

Turli «narх» guruhidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun alohida litsenziyalar rasmiylashtiriladi va har biriga koʻrsatilgan miqdorlarda yigʻim toʻlanadi. Yigʻim kelib tushgach, talabgor oʻzi imzolagan litsenziya bitimini taqdim etganidan keyin 3 kun muddat ichida litsenziya beriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 Oleg Zamanov.