Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Alkogol bilan ulgurji savdo qilish uchun litsenziya olinadi

07.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hozircha aniq sana belgilanmagan, ikki oy muddatda tegishli tuzatishlar kiritilgan qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak.

 

Qonun hujjatlariga alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasidagi yangiliklar kiritiladi (bu yerga va bu yerga qarang), shu jumladan:

 

  • litsenziya faoliyatining yangi turi – alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish joriy etiladi. Alkogol mahsulotlari aylanmasini hisobga olish aхborot tizimiga ulanish asosiy litsenziya talabi boʻladi.

 

Qonun loyihasi Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatini toʻldirsa kerak. Biroq meхanizm ishlashi uchun litsenziyalash toʻgʻrisida alohida nizom (hukumat qarori bilan tasdiqlanadi) talab etiladi, unda litsenziyalovchi organ, litsenziya talablari va shartlari, shuningdek litsenziya olish uchun zarur hujjatlarning toʻliq roʻyхati, talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish algoritmi va muddatlari, yigʻim, davlat boji miqdori va boshqalar belgilanadi;

 

  • alkogol va tamaki mahsulotlarining realizatsiya qilinishi:

 

a) ta’lim, sport va diniy muassasalardan toʻgʻri chiziq boʻyicha 200 metrdan ortiq radiusda joylashgan savdo ob’yektlarida.

 

Hozir ulardan 500 metrdan kam radiusda alkogol va tamaki bilan savdo qilish taqiqlangan. Bu yerda «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi Qonunning 13-moddasiga oʻzgartirish kiritish talab etiladi;

 

b) umumiy savdo maydoni 1000 m2dan ortiq boʻlgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilonlarida.

 

Eslatib oʻtamiz, 2007 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlarni ulgurji-savdo bozorlarida (komplekslarda) sotish qonunosti hujjat (7.11.2006 yildagi PQ–505-son qarorga qarang) bilan taqiqlangan;

 

  • mamlakatimiz hududiga alkogol mahsulotlarini polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer iste’mol idishlarida olib kirishga taqiq va javobgarlik oʻrnatiladi, pivo va vino mahsulotlari bundan mustasno.

 

Shuni qayd etib oʻtamizki, ayni paytda yuqorida aytilganlarning barchasi – davlatimiz rahbarining qonunchilik tashabbusi (Konstitutsiyaning 83-moddasiga qarang). Koʻrsatilgan normalar qonun («Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida», tahr.) Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanganidan, Senat tomonidan ma’qullanganidan, Prezident tomonidan imzolanganidan va rasman e’lon qilinganidan keyingina kuchga kiradi va qoʻllanila boshlaydi.

 

Oleg Zamanov.