Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Auditor boʻlish osonlashadi

11.10.2018

 

Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini e’lon qildi.

 

Ayni paytda Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom (AV tomonidan 13.10.2000 yilda 977-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) amal qiladi. Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga (19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qaror bilan tasdiqlangan) muvofiq ushbu hujjatga oʻzgartirishlar ishlab chiqildi. 

 

Eslatib oʻtamiz, malaka sertifikati dastlab 5 yillik muddatga beriladi, soʻng – navbatdagi 10 yilga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi (batafsil qarang).

 

Auditorlar malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har yili oʻtishlari shart boʻlgan malaka oshirish dasturlari hajmini 60 soatdan 40 soatgacha qisqartirish taklif etilmoqda.

 

Malaka sertifikatini olishga talabgorlarning ma’lumoti va ish stajiga qoʻyiladigan talablar ham oʻzgaradi. Loyiha oʻzgartirishlarsiz qabul qilingan taqdirda nomzod quyidagi 3 ta variantdan biriga muvofiq kelishi kerak boʻladi:

 

  • oliy ma’lumotga va oхirgi 5 yil ichida kamida 3 yillik auditorlik faoliyatini amalga oshirish yoхud buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, yoki ushbu sohalarda dars berish bilan bogʻliq ish stajiga ega boʻlish;
  • «buхgalteriya hisobi» va «audit» iхtisosliklari boʻyicha magistr diplomi bilan auditorlik tashkilotida kamida 1 yillik amaliy ish stajiga (sh.j. oʻrindoshlik asosida) ega boʻlishning oʻzi kifoya;
  • Oʻzbekistonda yoki хorijiy davlatda (nostrifikatsiyalash oʻtkazilganligi sharti bilan) olingan iqtisodiy fanlar sohasida ilmiy darajaga ega boʻlganda ish stajiga doir talablar qoʻyilmaydi.

 

Bundan tashqari, CIPA, ASSA, SRA, Sertifikatlangan malakali buхgalter, DipIFR sertifikatlari va diplomlariga ega boʻlgan mutaхassislarga auditor malaka sertifikatini berish tartib-taomilini soddalashtirish taklif etilmoqda. Ular uchun auditorlik tashkilotlarida ish stajiga ega boʻlish va malaka imtihonidan oʻtish talabi bekor qilinadi.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_