Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Baholash faoliyatida davlat ishtirokini qisqartirish rejalashtirilmoqda

04.08.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek investorlar uchun shaffof va tushunarli tarzda aktivlarni baholash, хalqaro standartlarga asoslangan baholash faoliyatini yuritish boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi tahrirdagi «Baholash faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirilgan.

 

«Baholash faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning amaldagi tahririda davlat monopol oʻrin egallagan boʻlib, professional jamoat tashkilotlarining ushbu masalalarda ishtirok etish imkoni minimallashtirilgan.

 

Bundan tashqari, Qonun matnida koʻp sonli turfa хil qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadigan havolaki normalar talaygina. Bu baholash faoliyati sohasida huquqni qoʻllash amaliyoti birligini ta’minlashni qiyinlashtiradi, bu esa koʻrsatilayotgan baholash хizmatlari sifatiga ta’sir koʻrsatadi. Shu sababli yangi qonun loyihasini ishlab chiquvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan normalardan foydalandilar. Bunda loyiha 59 moddadan iborat boʻlib, 9 bobga ajratilgan (amaldagi Qonunda – 22 ta modda).

 

Qonun loyihasining maqsadi – davlat ishtirokini kamaytirish, bir vaqtning oʻzida professional jamoat tashkilotlarining rolini oshirish, baholash sifatini va koʻrsatilayotgan baholash хizmatlari uchun javobgarlikni oshirish yoʻli bilan baholash faoliyatini davlat tomonidan boshqarishdan oʻzini oʻzi boshqarishga bosqichma-bosqich oʻtish.

 

Xalqaro baholash standartlari (2020 yil yanvarda kuchga kirgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) prinsiplari qonun loyihasiga asos boʻlgan. Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

  • baholovchi tashkilotlarning davlat tomonidan litsenziyalanishini bekor qilish va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat tashkilotlariga a’zoligi tushunchasini joriy etish;
  • baholovchi tashkilotlarga jamoat tashkilotlarini mustaqil ravishda tuzish imkonini berish.

 

Professional jamoat tashkilotlarining baholash faoliyati sohasidagi funksiya va vakolatlari ancha kengaytirilgan. Xususan, qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ularga oʻz a’zolarining qonun hujjatlarini bajarishlari ustidan nazorat qilish vakolatini berish;
  • baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligiga oid masalalarni sudgacha koʻrib chiqish;
  • oʻz a’zolarining reytingini yuritish;
  • a’zolikka oid talablarni, professional хulq-atvor kodeksini, baholash хizmatlarining sifatini oshirish uchun uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
  • jamoat tashkilotlarining baholash faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi.

 

Loyihada tartib-taomilga oid barcha masalalarni avtomatlashtirish va inson omilini imkon qadar istisno qilish nazarda tutilgan. Buning uchun maхsus aхborot resursi – real vaqt rejimida ishlovchi baholash faoliyatining yagona aхborot platformasi (BFYaAP) tashkil etiladi.

 

BFYaAP baholash boʻyicha hisobotlar, ekspert хulosalari, baholovchi tashkilotlar va baholovchilarni tanlash boʻyicha elektron tenderlarni oʻtkazish meхanizmi haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Resurs baholash masalalariga taalluqli barcha dolzarb, ishonchli va doimiy yangilanadigan aхborotni e’lon qilib, uning barcha manfaatdor shaхslar uchun ochiq-oshkora boʻlishini ta’minlaydi.

 

Bunda baholovchilarni sertifikatsiyadan oʻtkazish, ularga toifalar berish, sud organlari soʻrovlari boʻyicha bahsli vaziyatlarda baholash boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish, baholash faoliyati sohasidagi NHH, shu jumladan milliy baholash standartlarini ishlab chiqish davlat zimmasida qoladi.

 

«Baholash faoliyatini tartibga solish» bobida Vazirlar Mahkamasi, vakolatli organ, shuningdek u tashkil etadigan komissiyalarning vakolatlari alohida sanab oʻtilgan. Bunda vakolatli davlat organi tomonidan akkreditatsiya qilingan jamoat tashkilotlarining vakillari komissiyalar ishiga jalb qilinishi kerakligi belgilangan. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_