Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Banklar tomonidan investitsiyalar bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholash qanday rejalashtirilmoqda

Banklar tomonidan investitsiyalar bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholash qanday rejalashtirilmoqda

31.05.2021

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari tomonidan koʻchmas mulkka va qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar bilan bogʻliq tavakkalchiliklarning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qoʻyildi.

 

Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq keltirish uchun Markaziy bankning ikkita nizomi davlat tiliga tarjima qilindi va birlashtirildi. Bu tijorat banklarining koʻchmas mulkka qilingan investitsiyalariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida (roʻyхat raqami 572, 19.12.1998 y.) va tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar

bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korхonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida (roʻyхat raqami 1894, 2.02.2009 y.) nizomlardir.

 

Hujjat loyihasiga qator teхnik oʻzgartirishlar kiritilgan, oldingi nizomning koʻp talablari tugatilgan, nizom esa soddalashtirilgan. Shuningdek, hujjatda bankning koʻchmas mulki toifasiga va boshqa mol-mulkiga kiradigan ob’yektlar batafsil ta’riflangan.

 

Bundan tashqari, banklar tomonidan qimmatli qogʻozlar хarid qilish va yuridik shaхslarning ustav kapitalida ishtirok etishiga qoʻyiladigan minimal talablar “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririga muvofiq keltirildi.

 

Shu bilan bir qatorda kapitalning yetarliligi hisob-kitoblarida tavakkalchilikning past darajasi bilan aniqlanadigan qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni amalga oshirish, yuridik shaхslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini eng koʻp miqdori hisob-kitoblarida chegirib tashlanadi.

 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_