Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bitiruv va kirish imtihonlarini birlashtirmoqchilar

03.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida Prezidentning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarining (maktablarning) bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarini birlashtirishni rejalashtirmoqdalar. Majburiy fanlar va bitiruvchi tanlagan bakalavriat yoʻnalishiga mos ikkita fan boʻyicha yagona test sinovlari oʻtkaziladi.

 

Testlar aprel – may oylarida oʻtkaziladi. Test sinovlarida ishtirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlar boshqa abituriyentlar qatori oʻsha yilning iyul – avgust oylarida imtihon topshirishlari mumkin.

 

Xalq ta’limi vazirligi:

  • test sinovlari belgilangan talablar asosida tashkil etilishida mas’ul hisoblanadi;
  • bitiruvchi-abituriyentning test sinovi fanlari boʻyicha natijasini umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi attestatga qoʻyish va yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun minimal koʻrsatkichni (qoniqarlilik darajasini) belgilaydi;
  • maktab bitiruvchilari haqidagi tegishli ma’lumotlar har yili 1 fevralga qadar Davlat test markazining maхsus dasturiga kiritilishini ta’minlaydi.

 

16 aprelgacha loyiha bilan tanishish, uning muhokamasida ishtirok etish, oʻz sharhlari, fikr-mulohazalari va takliflarini qoldirish mumkin.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_