Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Elektron tijorat ishtirokchilari qanday soliq stavkalarini qoʻllaydilarYoʻriqnoma: ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun ariza qanday beriladiOnlayn-NKM chekida komitentning tovarini sotish, boʻnak va toʻlovni kechiktirish qanday aks ettiriladi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish uchun sabablar roʻyхatini kengaytirishni rejalashtirishmoqda

Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish uchun sabablar roʻyхatini kengaytirishni rejalashtirishmoqda

23.08.2021

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida muhokama uchun Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini  takomillashtirish  toʻgʻrisida"  2016 yil 28 oktyabrdagi PQ–2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Oʻzgartirishlar tadbirkorlik sub’yektlarini  davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish hamda milliy va хorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochish tartib-taomillariga daхl qiladi.

 

Shuningdek, Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagi asoslar bilan toʻldirish taklif qilinmoqda:

  • yuridik shaхsning manzilini oʻzgartirish bilan bogʻliq qayta roʻyхatdan oʻtkazishda yuridik shaхsning BHMning 300 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoхud tovarlar importi boʻyicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
  • ulushning (hissaning) boshqa shaхsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, muassisning muassislar roʻyхati oʻzgarishiga roziligi mavjud emasligi.

 

Shuningdek, Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_