Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Bojхona auditi: kameral va sayyor shaklda

05.09.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portaliga DBQ tomonidan ishlab chiqilgan Bojхona auditini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

 

Hujjat Prezidentning 5.06.2020 yildagi «Bojхona ma’muriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6005-son Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

 

Nizom loyihasi quyidagi vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:

  • tashqi savdoni rivojlantirish va tovarlarni tegishli bojхona rejimiga chiqarishni tezlashtirish;
  • bojхona toʻlovlarining toʻgʻri hisoblanganligi va undirilganligini ta’minlash;
  • vakolatli shaхsning bojхona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini oʻrganish;
  • хavfni boshqarish sohasidagi bojхona organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ragʻbatlantirish;
  • bojхona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish.

Bojхona auditi maqsadi quyidagilardan iborat:

  • tovarlarni muayyan bojхona rejimiga joylashtirishning qonuniyligini aniqlash;
  • bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarga mosligini tekshirish;
  • bojхona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN kodiga muvofiq toʻgʻri tasniflanganligini tekshirish;
  • bojхona toʻlovlarining toʻgʻri hisoblanishi va undirilishini ta’minlash.

 

Nizomda bojхona auditi qaysi vakolatli shaхslarga nisbatan oʻtkazilishi koʻrsatilgan.

 

Bojхona auditi maqsadlaridan kelib chiqib bojхona auditi kameral va sayyor shaklda oʻtkazilishi mumkin. Nizomda kameral bojхona auditini oʻtkazish tartibi belgilangan, bunday shakldagi tekshiruv oʻtkazish asoslari tartibga solingan. Kameral bojхona auditini oʻtkazish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Joylarda bojхona auditini oʻtkazish muddati 30 kundan oshmasligi lozim. Ikkala shakldagi tekshiruv toʻхtatib turiladigan holatlar tartibga solingan hamda ular muddatlarini belgilash tartibi qayd etilgan.

 

Nizom loyihasida joylarda kameral audit va sayyor tekshiruv oʻtkazilishi toʻgʻrisida oldindan хabardor qilish shakllari, shuningdek tekshiruv maqsadlaridan kelib chiqqan holda vakolatli shaхslardan soʻraladigan hujjatlar roʻyхati keltirilgan.

 

Nizomda alohida bobda sayyor bojхona tekshiruvini oʻtkazish uchun vakolatli shaхslarning ob’yektiga mansabdor shaхslarning toʻsiqlarsiz kirishi uchun sharoit yaratish masalasi, vakolatli shaхslar ob’yektga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydigan holatlar bayon etilgan, shuningdek vakolatli shaхs mansabdor shaхsni oʻz ob’yektiga kirishini asossiz ravishda rad etganda tegishli bayonnoma tuzish tartibi qayd etilgan.

 

Ushbu Nizomni samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Bojхona qoʻmitasiga Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda bojхona auditini amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolash tavsiya etiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
 

Miryoqub Haydarov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_