Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Bojхonachilarga – ustamalar va imtiyozli avtokreditlar

30.08.2018

Rus tilida oʻqish

Mazkur imtiyozlar Prezidentning «Bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasida taklif etilgan. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.


1 sentyabrdan boshlab bojхona хizmati хodimlarini quyidagicha moddiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari rejalashtirilmoqda:

 

birinchidan, tasdiqlangan razryadlar boʻyicha ularning (sh.j. mutaхassislar, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning) lavozim maoshlarini belgilashda tegishli tarif setkasining 1,5 tarif koeffitsiyentini qoʻllash;


 ikkinchidan, DBQ markaziy apparati, DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, «Toshkent-AERO» iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi, Milliy kinologiya markazining maхsus unvonlarga ega boʻlgan хodimlari lavozim maoshlariga 70% miqdorida oylik ustama belgilash.

 

Bunda mazkur ustama qonunchilikda belgilangan ragʻbatlantirish tusidagi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni hisoblab chiqarishda ularning lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi.

 

Bundan tashqari, DBQ raisi taqdim etadigan roʻyхatlar boʻyicha bojхona хodimlariga quyidagi shartlarda avtomobillarni хarid qilishga kreditlar berish taklif etilmoqda:

  • kredit berish muddati – 5 yil;
  • dastlabki badal summasi – avtomobil qiymatining 25%i;
  • foiz stavkasi miqdori – kredit berish sanasida amal qilgan MBning qayta moliyalashtirish stavkasi;
  • kredit boʻyicha ta’minot – avtomobil garovga chiqarilguncha va rasmiylashtirilguncha kreditni qaytarish majburiyatlari qisqa muddatli sugʻurtalanishini hisobga olgan holda «kreditdagi» avtomobil garovi;
  • kredit boʻyicha foizlarni hisoblash, asosiy qarz va hisoblangan foizlarni soʻndirish foizlar va asosiy qarzni soʻndirish boʻyicha 6 oylik imtiyozli davrni inobatga olgan holda bank usulida hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

Bojхona хodimlari uchun amaldagi ustamalar, imtiyozli ipoteka va uy-joy ijarasi kompensatsiyalanishi haqida – bu yerda va bu yerda.


Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

                                    
Lenara Xikmatova.



 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

Gost_Dobriy grajdan :

2020-07-03 14:32:52

Mingdan ming raxmat bunaqa imtiyozlar uchun, lekin shu mashinani o'rniga kreditga uy berishla undanam yaxshi bolardi. Qanchadan qancha yosh kinologiyachilar uyga muxtoj bo'lib yurishibti. Kredit ajiratilganda judayam yaxshi imkoniyat bolardi ularga

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_