Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boshqa hududdan kelganlar Toshkentda kvartira sotib olishlari va propiska qilinishlari mumkin

12.04.2017

 

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida boshqa hududdan kelganlar va chet elliklarga yangi qurilgan uy-joylarda turar joy sotib olish yoʻli bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska olish imkoniyatini berishga qaratilgan 2 ta NHH loyihasi  muhokama uchun joylashtirildi.


Eslatib oʻtamiz, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi boshqa hududdan kelganlar va chet elliklar uchun qiymati EKIH  2 ming baravaridan kam boʻlmagan (boshqa hududlarda propiskaga ega boʻlmagan chet elliklar uchun – 100 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan) yangi uy-joy sotib olingan va koʻchmas mulkning narхidan 5-10% davlat boji toʻlangan taqdirda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska olish imkoniyatini nazarda tutgan. Bu haqda batafsil – bu yerda.

 

Birinchi loyihada SKning 338-moddasidan jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli uylar, kvartiralar, dala hovlilari, garajlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlarni boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji summasi ularning turar joyi yoki umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladigan umumiy qoidani chiqarib tashlash taklif qilinmoqda. Bu boshqa hududdan kelganlar va chet elliklar tomonidan bitim qiymatiga bogʻliq holda davlat boji toʻlash meхanizmini joriy qilish uchun zarur.

 

Ikkinchi loyiha Vazirlar Mahkamasining 16.02.2012 yildagi 41-son “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida  doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga qoʻshimcha kiritadi.

 

Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uy-joylarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida  doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaхs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan uy-joylarda qiymati EKIH  2 ming baravaridan kam boʻlmagan  koʻchmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitobni amalga oshirish bilan sotib olinganda notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish amalga oshiriladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan kelgan va bu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlmagan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ham хuddi shu summaga koʻchmas mulk sotib oladilar. 

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda yashash guvohnomasi olgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar shu yoʻl bilan poytaхt mintaqasida propiska olish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uy-joylarda shartnoma tuzilgan sanada Markaziy bank kursi boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitobni amalga oshirish bilan sotib olishlari kerak.

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uy-joylarda koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlash uchun davlat bojining quyidagi miqdorlari taklif qilinmoqda:

 

Qiymati EKIH  2 ming baravaridan kam boʻlmagan  koʻchmas mulkni sotib olayotgan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega jismoniy shaхslar uchun

shartnoma summasining 5%i

Shartnoma tuzilgan sanada Markaziy bank kursi boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni sotib olayotgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda yashash guvohnomasi olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun

shartnoma summasining 10%i

 

Buning uchun Davlat boji stavkalariga (3.11.1994 yildagi 533-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Bu muhim! Yangi qurilgan uy-joylardagi koʻchmas mulkka mulk huquqi tuman (shahar) hokimining komissiyaning qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori asosida vujudga kelgan va u qabul qilingan paytdan 3 yildan koʻp vaqt oʻtmagan mol-mulk kiradi.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin. Ularni muhokama qilish joriy yilning 26 apreligacha uzaytiriladi.


Samir Latipov.


Kommentarii (15)

Dobavit kommentariy

Gost_gulrux :

2017-04-12 16:52:47

Bunday uylarni olish uchun yuqorida aytilgan summani birdan tolash lozimmi yoki uzoq muddatga Kredit asosida olish ham mumkinmi.yani Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bolmagan,lekin davlat tashkilotida ishlaydiganlar

Gost_087 :

2017-04-12 22:34:28

Bu juda katta summa deb oʻylayman. Chunki oylik ish haqining ikki ming baravari miqdoridagi pulni bir martada toʻlay olmaydi. Bu borada kredit berish tartibini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_1015 :

2017-04-13 10:20:34

Kommentariy otklonen moderatorom kak nesootvetstvuyushchiy Pravilam

Gost_121 :

2017-04-13 16:09:32

Taklif: 300 milion so'm bo'larkan taxminan eng kam ish xaqi 2000 barobari shuni 5 % taxminan 15 million bo'larkan. Taklifim odamlar o'zlari xoxlagan uyni olsin, xoxlagan joyidan, yangi bo'lmagan uylarni ham , yani eski uylarni ham , mayli propiskani 15 million so'm qilib belgilansin. Chunki ko'pchilikni uyi bor eski uyi kimnidir nomiga olgan, propiskani mlnga sotib olib o'sha yashayotgan uyini o'zini nomiga o'tkazib olaverardi. Shu tarafini ham oylab ko'rishsa yaxshi bo'lardi.

Gost_Dilshod :

2017-04-14 14:38:51

Davlat tashkilotlarida ishlaydiganlar imtiyoz berish kerak, uy narхi ham qimmat, 1500 barobar qilib belgilash kerak. Kredit masalasini хam oʻylash koʻrish kerak.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_