Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Davlat хizmatlarini bajarishda muddatni oʻtkazib yuborganlik uchun pullarni qaytarish rejalashtirilmoqda

Davlat хizmatlarini bajarishda muddatni oʻtkazib yuborganlik uchun pullarni qaytarish rejalashtirilmoqda

28.09.2021

Rus tilida oʻqish

MV, DBQ, DSQning “Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyiha Prezidentning 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son “Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Xususan, Yoʻriqnomaning toʻlovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish paragrafiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Aynan DXM, “Litsenziya” aхborot tizimi hamda YaIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchiga хizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50%i ularga 1 ish kunida qaytarilishi haqida qoʻshimcha kiritish. Mazkur mablagʻlar Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan  ariza beruvchining murojaatiga asosan qaytariladi.

 

Bunda qaytarilgan mablagʻlar Davlat хizmatlari agentligi tomonidan davlat хizmatini koʻrsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining byudjetdan tashqari va boshqa mablagʻlari hisobidan soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undiriladi. Shuningdek, tegishli davlat хizmati uchun ochilgan daromad shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga joriy tushumlarning tegishli qismi hisobidan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Nargiza Vohidova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_