Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi tartibga solinadi

18.06.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarini joylashtirish, muomalada boʻlishi va toʻlovining amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi. Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Davlat qimmatli qogʻozlari (keyingi oʻrinlarda – DQQ) – Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan davlat gʻazna majburiyatlari va davlat gʻazna obligatsiyalari. 

 

Hujjatda DQQ qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), oʻrtacha muddatli (besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi hamda tijorat banklari va yuridik shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari orasida joylashtirilishi nazarda tutiladi.

 

DQQning nominal qiymati - 1000 (bir ming) soʻm.

 

Nizomda quyidagi normalar nazarda tutiladi:

  • chiqarilishi va joylashtirilishi tartibi;
  • DQQning ikkilamchi bozorda muomalada boʻlish tartibi;
  • DQQga doir bitimlar boʻyicha pul oʻtkazmalari va hisob-kitoblar tartibi;
  • foizli daromadlarni toʻlash tartibi;
  • DQQni saqlash va ularga boʻlgan huquqni hisobga olish tartibi;
  • DQQ toʻlovining amalga oshirilishi tartibi;
  • Markaziy bankning DQQ bozoridagi vakolatlari;
  • DQQ bozoridagi aхborotlarni oshkor qilish;
  • nizolarni koʻrib chiqish tartibi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_