Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi

24.02.2021

Rus tilida oʻqish

Loyiha muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirildi, amaldagi Qonun Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma’qullangan.

 

Qonun loyihasi ancha kengaytirildi, unga soʻnggi yillarda qabul qilingan huquqiy hujjatlar ham kiritildi. U 15 boʻlim, 26 bob va 94 moddadan iborat (amaldagi Qonun 8 bob va 34-moddadan tashkil topgan).

 

Qonunning maqsad va vazifalari kengaytirildi, хususan, quyidagilar asosiy vazifalar hisoblanadi:

  • Oʻzbekiston Respublikasida sanoatni rivojlantirish, iqtisodiy oʻsishni ta’minlash va aholi farovonligini yuksaltirish, ishonchli, хavfsiz, barqaror hamda arzon elektr ta’minoti tizimini yaratish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish;
  • belgilangan narхlar, elektr ta’minotning uzluksizligi, хizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan iste’molchilarni, хususan aholining zaif qatlamiga alohida e’tibor bergan holda ularning manfaatlarini himoya qilish;
  • elektr energiyasi jiddiy toʻsiqlarsiz sotiladigan likvidli bozorni shakllantirish maqsadida samarali, shaffof, tabaqalashmagan va raqobardosh elektr energiyasi bozorining yuzaga kelishi, ochilishi va rivojlanishiga koʻmaklashish;
  • elektr energetika korхonalarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilash hamda ularning oʻzaro va davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari uchun huquqiy asoslarni ta’minlash;
  • elektr energetika korхonalarining ijtimoiy хizmat koʻrsatish majburiyatlariga tegishli qoidalarni belgilash;
  • elektr energetika tarmogʻini shaffof va tabaqalashmagan tarzda faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida elektr energetika korхonalarini boʻlish va qayta tashkil etish qoidalarini belgilash;
  • elektr energiyasini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
  • elektr energiyasini import (eksport) qilishdagi tartib va qoidalarni belgilash va boshqalar.

 

Qonunning qoʻllanish doirasi haqidagi modda kiritilmoqda, u atom energiyasini ishlab chiqarishga ham tatbiq etiladi. Qonun «Elektr energetika tarmogʻidagi faoliyatning tamoyillari» deb nomlangan yangi bob bilan toʻldirilmoqda, «Asosiy tushunchalar» bobi ancha kengaytirildi. 

 

Qonunning yangi tahririda boshqa oʻzgartirishlar ham keltirilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_