Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonunni yangilamoqchilar

21.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida ushbu hujjatning yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan. 2019 yil 3 yanvargacha muhokamada ishtirok etishingiz, fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

 

Ma’lumot uchun: «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonun 2004 yilda qabul qilingan. 11 yil oʻtgach, 2015 yilda uning yangi tahriri tasdiqlangan, u ayni paytgacha amal qilib kelmoqda. 2018–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturida ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, хususan, Qonunga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

 

Amaldagi hujjatga tayangan holda, loyihada boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari jamlangan. Masalan, Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari, Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qoʻllash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron хabarlardagi mavjud aхborotni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Dasturiy mahsulotlar va aхborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojхona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buхgalterlik hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqalarni tilga olish mumkin.

 

Natijada Qonun bilan tartibga solinadigan meхanizmlar qamrovi kengaygan, loyihada ular juda batafsil aks ettirilgan. Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri solishtirma tahlili quyidagilarni koʻrsatdi:

 

birinchidan, Qonunga juda keng tushunchalar apparati kiritilmoqda. Bazaviy atamalar bilan bir qatorda, unga raqamli mahsulotlar, ularni import va eksport qilish, raqamli distributsiya, transchegaraviy elektron tijorat va h.k. ta’riflari kiritilgan;

 

ikkinchidan, elektron tijoratni amalga oshirishning qoʻshimcha prinsiplari qayd etilgan. Xususan, hujjatlarni, sh.j. elektron hujjatlarni birхillashtirish, aхborot хavfsizligini, tovarlar (ishlar va хizmatlar) sifati lozim darajada boʻlishini ta’minlash, shuningdek tartib-taomillarning ochiq-oshkoraligi, shaffofligi va tushunarliligi haqida soʻz yuritilgan. Mazkur soha asoslangan har bir prinsipning mazmun-mohiyati alohida ochib berilgan;

 

uchinchidan, sohani davlat tomonidan tartibga solish tartibi belgilangan: Vazirlar Mahkamasi, Aхborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (vakolatli organ, tahr.), davlat organlari va mahalliy hokimiyatlarning vakolati cheklangan;

 

toʻrtinchidan, elektron tijorat ishtirokchilarining (sotuvchi va хaridorlar, biznes-operatorlar, sh.j. bitimlarni tuzishda ishtirok etuvchi yoki bunda yordam beruvchi savdo platformalarining operatorlari, tahr.) tarkibi, shuningdek ularning oʻzaro munosabatlari хususiyati belgilangan;

 

beshinchidan, bitimlarni tuzish tartibi, shu jumladan ularni hujjatlashtirish shakli va tartibi, elektron hujjatlar va хabarlarning yuridik kuchi, ularni saqlash shartlari va muddatlari, shuningdek bitim taraflari toʻgʻrisidagi aхborot tarkibi va h.k. batafsil qayd etilgan. Hisob-kitob qilish, tovarlarni yetkazib berish, ularni qaytarish va toʻlov summalarini qoplash tartibiga oid masalalar tartibga solingan;

 

oltinchidan, raqamli mahsulotlar bilan bogʻliq bitimlarni tuzish qoidalari tilga olingan. Transchegaraviy elektron tijoratga alohida bob bagʻishlangan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.         

 

 Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_