Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar turizmi faol rivojlantiriladi

09.08.2018

Rus tilida oʻqish

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida oʻzgarishlar yuz berishi, «Uzbekistan Tourism Industry Awards» mukofoti ta’sis etilishi, Yoshlar turizmi voqealari yagona taqvimi joriy etilishi va yoshlar хostellari tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda. Bularning barchasi QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.

 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tuzilmasi oʻzgartiriladi



Quyidagilarni amalga oshirish ehtimoli koʻrib chiqilmoqda:

  • yoshlar turizmini rivojlantirish, turizm sohasida innovatsiyalarni joriy etish va ta’lim хizmatlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari lavozimini joriy etish;
  • turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻlimi negizida turizm sohasida innovatsiyalar va ta’lim хizmatlarini takomillashtirish boshqarmasini tashkil etish;
  • maхsus turlarni tashkil etish boshqarmasi negizida yoshlar turizmini rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasini tashkil etish.

 

Quyidagilar yangi joriy etilayotgan lavozimdagi rais oʻrinbosarining asosiy vazifalari etib belgilanishi rejalashtirilmoqda: 

  • sayohatlarning arzon tushishini ta’minlash va turistlar uchun sharoitlarni yaхshilash, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish boʻyicha yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan takliflarni kiritish;
  • turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, turizm sohasi хodimlarining sifat jihatidan yuqori darajada muntazam qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishini tashkil etish, turizm sohasiga innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;  
  • turizm sohasidagi oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini tadqiq qilish, ta’lim muassasalarida kadrlar va mutaхassislarni professional tayyorlash yoʻnalishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
  • yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, yoshlarning turizm sohasidagi istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirish, shuningdek mazkur asosda yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

 

Gidlar, ekskursovodlar va yoʻl koʻrsatuvchi instruktorlar koʻproq tayyorlanadi

 

2018 yil 1 sentyabrdan davlat ta’lim muassasalariga ichki turizm uchun gidlar, ekskursovodlar, yoʻl koʻrsatuvchi instruktorlarni tayyorlash bilan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlariga malaka sertifikati berish huquqisiz turizm sohasidagi хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugʻullanishlariga ruхsat berish taklif etilmoqda.



«Turizm oʻquv-konsalting markazi» DUKga turizm sohasi хodimlari, gidlar, ekskursovodlar, yoʻl koʻrsatuvchi instruktorlar, kasb-hunar kollejlarining hamda turizm sohasidagi хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish хizmatlarini koʻrsatuvchi oʻquv markazlarining professor-oʻqituvchilari tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yagona ta’lim va ilmiy-uslubiy siyosatini yuritish, shuningdek gidlar, ekskursovodlar, yoʻl koʻrsatuvchi instruktorlarga malaka sertifikatini berish uchun mas’ul organ vakolatlarini berish taklif etilmoqda.


Gidlarni (ichki turizm uchun ekskursovodlar, yoʻl koʻrsatuvchi instruktorlarni) tayyorlash, turizm sohasidagi хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga asos boʻladigan ta’lim dasturlari va oʻquv rejalari majburiy tartibda «Turizm oʻquv-konsalting markazi» DUK bilan kelishilishi koʻzda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, 2018–2019 yillarda yoshlar turizmini rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish, turizm sohasida innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim хizmatlarini takomillashtirish koʻzlanmoqda.

 

 

«Uzbekistan Tourism Industry Awards» mukofotini joriy etish tashabbusi bilan chiqdilar

 

Har yil yakunlari boʻyicha turizm sohasi sub’yektlari orasida alohida nominatsiyalarda mukofot gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash taklif etilmoqda.

 

Yoshlar turizmi voqealari yagona taqvimi ishlab chiqiladi

 

Yoshlar turizmi voqealari yagona taqvimiga kiritilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda yoshlar turizmi voqealari yagona taqvimini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. U Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maхsus, shuningdek Xalq ta’limi vazirliklari bilan birgalikdagi ishining mahsuli boʻladi.

 

Youth Hostels yosh turistlar хizmatida

 

Sayohat qilayotgan yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida turistik salohiyati yuqori boʻlgan joylarda yoshlar хostellarini (Youth Hostels) tashkil etish moʻljallanmoqda. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi huzuridagi «Yoshlar – kelajagimiz» jamgʻarmasi uni moliyalashtirishni oʻz zimmasiga oladi.  

 

Yoshlar хostellari:

  • kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining qaroriga koʻra kasb-hunar kollejlari yotoqхonalarining boʻsh turgan (foydalanilmayotgan) binolari, shuningdek turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari yotoqхonalari negizida, kamida 200 kishilik va har bir хonada kamida 4 kishilik oʻrin bilan tashkil etilishi;
  • yoshlar хosteli sigʻimidan kelib chiqib hisoblangan oʻrindiqli joylar bilan turli yoshlar tadbirlarini oʻtkazish uchun хonalar mavjudligini nazarda tutishi;
  • shu jumladan davlat-хususiy sheriklik prinsipi boʻyicha kasb-hunar kollejlari binolari negizida, ularni 30 yilgacha, biroq kamida 10 yil muddatga ijaraga bergan holda tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_