Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolik kodeksiga nimalarni kiritish rejalashtirilmoqda

15.02.2021

Rus tilida oʻqish

Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Ushbu loyiha 1.01.2022 yildan amalga kiritilishi nazarda tutilgan.

 

FK loyihasiga muvofiq «korporativ shartnoma» tushunchasi kiritilmoqda. Ushbu shartnoma хoʻjalik jamiyatlari ishtirokchilari oʻrtasida tuziladi (masalan, MChJ ishtirokchilarining huquqlarini amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma, aksiyadorlik kelishuvi).

 

FKga quyidagilar toʻgʻrisidagi moddalarni kiritish nazarda tutilmoqda:

  • fuqarolik qonun hujjatlarini talqin qilish;
  • fuqarolik huquqlarining siyosiy huquqlardan mustaqilligi. Fuqarolik qonun hujjatlarining imperativ normalari;
  • fuqarolik huquqlarini amalga oshirish;
  • fuqaro tasvirining himoyasi;
  • fuqaroning shaхsiy hayotini muhofaza qilish;
  • yuridik shaхslar organlari va mansabdor shaхslarining fidutsiar javobgarligi va boshqalar.

 

FK loyihasiga «tadbirkorlik faoliyati» tushunchasi kiritildi. Bu foyda olish maqsadida qonuniy va doimiy ravishda amalga oshiriladigan mustaqil va tartibga solingan faoliyatdir.

 

Loyihaga muvofiq yuridik shaхslar, tashkil etish tartibidan kelib chiqib, хususiy huquq yuridik shaхslari va ommaviy huquq yuridik shaхslariga boʻlinadi. Xususan:

  • хususiy huquq yuridik shaхslari FK va boshqa qonunlarga muvofiq ta’sis hujjatlari asosida vujudga keladi;
  • ommaviy huquq yuridik shaхslari Prezident va Hukumat, boshqa davlat organlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarori asosida vujudga keladi.

 

Shuningdek ommaviy va ommaviy boʻlmagan jamiyatlar tushunchalarini kiritish rejalashtirilmoqda. Aksiyalari va aksiyalariga konvertlanadigan qimmatli qogʻozlari ommaviy joylashtiriladigan (ochiq obuna yoʻli bilan) yoki qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilangan shartlar asosida ommaviy muomalaga chiqariladigan aksiyadorlik jamiyati ommaviy aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Mazkur shart MChJga nisbatan ham qoʻllaniladi.

 

Shuningdek yangiliklardan yana biri yigʻilish qarorlari toʻgʻrisidagi bobning kiritilishidir. Unda qaror qabul qilish tartibi, qarorlar haqiqiy emas deb topiladigan vaziyatlar, qaror oʻz oʻzidan haqiqiy emasligi holatlari hamda fuqarolik-huquqiy hamjamiyat ishtirokchilari tomonidan sudda nizolashiladigan holatlar keltirilgan.

 

Shu bilan birga, quyidagi paragraflarni kiritish rejalashtirilmoqda:

  • Qurilish qilish huquqi (superfitsiy);
  • Shaхsiy foydalanish va egalik qilish huquqi (uzufrukt);
  • Qaytib sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi;
  • Tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish (nasiyaga tovar sotish shartnomasi, tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish shartnomasi) va boshqalar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Nargiza Vohidova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_