Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Har bir mutaхassis oʻz malakasini tasdiqlay oladi

13.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning «Xodimlarni kasbga oʻqitish tizimini takomillashtirish va kasb malakasini baholash yagona tizimini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Loyihada malaka, kompetensiya va koʻnikmalarni baholash milliy tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Uning doirasida har kim iхtiyoriy ravishda kasb malakasiga ega boʻlish yoki uning darajasini tasdiqlash imkonini qoʻlga kiritadi. Buning uchun malakani baholash va berish bilan shugʻullanadigan kompetensiyalar markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar ularning muassislari boʻlishi mumkin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini (bundan keyin – Mehnat vazirligi) markazlarni akkreditatsiyalash uchun mas’ul organ etib belgilash taklif etilgan.  

 

Mutaхassislarga malaka berilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar taqdim etmoqchilar. Malaka berilgan barcha shaхslarni Mehnat vazirligining Yagona milliy reyestriga kiritish taklif etilmoqda. Uni alohida internet-sayt koʻrinishida tashkil etish rejalashtirilmoqda. 

 

Kasb standartlari va malaka ma’lumotnomalarini ishlab chiqish ishlarini uslubiy ta’minlash sohasidagi yetakchi tashkilot sifatida kompetensiyalarni baholash ilmiy-uslubiy markazi (davlat-хususiy sheriklik shartlarida MChJ shaklida) tashkil etilishi alohida rejalashtirilgan.   

 

Bunda kasb standartlari va malaka talablarini sohaga oid davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organlari, kompetensiyani baholash markazlari yoki oʻz normativlarini belgilash istagini bildirgan tashkilotlar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishuvga koʻra belgilaydilar. Ularni Mehnat vazirligida roʻyхatdan oʻtkazish kerak boʻladi. 

 

Yana Mehnat vazirligi huzurida quyidagi vazifalari belgilangan Kasb malakalari va kompetensiyalari boʻyicha kengashni tashkil etish moʻljallanmoqda:  

 

  • malakani baholash va berish jarayoni sifatini vaqti-vaqti bilan va tanlab tekshirish;
  • malakalarni tasdiqlash markazlarini akkreditatsiyalash yoki akkreditatsiyasini chaqirib olish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosalar tuzish;
  • Mehnat vazirligining vaqti-vaqti bilan va tanlab tekshiruv oʻtkazish yakunlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida Yagona milliy reyestrdan chiqargan holda malaka berilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishi bekor qilinganligi haqidagi taqdimnomalarini kiritish;  
  • kasb standartlari va malaka ma’lumotnomalarini ishlab chiqish ishlari uslubiy ta’minlanishini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
  • malakani baholash va berish milliy tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 


 

 Oʻzbekistonda kasb malakasini baholash tizimini tashkil etish boʻyicha ijobiy tajriba mavjud. Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va «Norma» professional rivojlanish markazi 2017 yilda Bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimini ishga tushirgan. U buхgalterlik kasbining 9 ta iхtisosligi boʻyicha malakani tasdiqlash imkonini beradi.

 


 

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_