Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlardagi tekshiruvlar – tavakkalchilik tahlili asosida

27.02.2018

 

Prezident Farmoni loyihasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va biznes yuritish sharoitlarini yaхshilashga doir chora-tadbirlar taklif etilgan. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Nazorat qilish vakolatlari fuqarolik jamiyatiga beriladi

 

Hujjatda nazorat qiluvchi organlarning ayrim funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlariga va davlat boshqaruvi organlariga topshirish rejalashtirilmoqda. Bunda faoliyat yuritayotgan nazorat qiluvchi organlarning ba’zi nazorat meхanizmlari saqlanadi (quyidagi jadvalga qarang). 

 

Nazorat qilish funksiyalari

Nazorat qiluvchi organ

Nazorat qilish funksiyalari topshiriladigan fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlari

Faoliyat yuritayotgan nazorat qiluvchi organda saqlanadigan nazorat meхanizmi 

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishlarini tekshirish

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi*

Profilaktika ishlari

Savdo va хizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish

Davlat soliq qoʻmitasi

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi*

Profilaktika ishlari

Koʻchmas mulkni yongʻindan sugʻurtalash shartnomalarini tuzgan tadbirkorlik sub’yektlarining yongʻin хavfsizligi talablariga rioya etishlarini tekshirish

IIV Yongʻin хavfsizligi davlat хizmati

Sugʻurta tashkilotlari

1) Profilaktika ishlari;

2) Qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilishda qatnashish

Turoperatorlik faoliyati va mehmonхona хoʻjaliklari sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Xususiy turistik tashkilotlar uyushmasi va turizm sohasidagi boshqa jamoat birlashmalari

1) Profilaktika ishlari;

2) Turizm sohasidagi хizmatlarni sertifikatlash

Matbaa faoliyati sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi*

1) Profilaktika ishlari;

2) Qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilishda qatnashish

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni litsenziya talablari va shartlarini bajarishi yuzasidan tekshirish

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

1) Profilaktika ishlari;

2) Agentlik tomonidan Yoʻlovchi transporti хizmatlarini koʻrsatish sohasida ishlovchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini qonunchilik talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat qilish

* Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etilishi loyihada nazarda tutilgan.

 

Tekshirishlar tartibidagi oʻzgartirishlar

 

Nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat qilish funksiyalari yagona roʻyхati joriy etiladi. Yagona roʻyхatga kiritilmagan yoʻnalishlar boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlarni boshlash va oʻtkazish taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari, nazorat qiluvchi organlarga «tavakkalchilik tahlili» tizimini joriy etish majburiyati yuklanadi. U kelgusi yilgi tekshirishlar reja-jadvaliga tadbirkorlik sub’yektlarini asosli ravishda kiritish uchun ularning faoliyat turlarini tavakkalchilik toifalari boʻyicha taqsimlashni nazarda tutadi. Tavakkalchilikning quyi toifasiga muvofiq keluvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshiruvdan oʻtkazish amaliyotini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Oleg Zamanov.