Nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilariga keyingi bosqichdagi muassasalarda oʻqishni davom ettirish huquqini beruvchi attestatlar berish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan hujjat loyihasida shu nazarda tutilgan.
Ayni paytda хususiy maktablar bitiruvchilariga attestatlar berish tartib-taomili qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan. Binobarin, ushbu muassasalar litsey, kollej yoki oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda tan olinadigan hujjatlarni bera olmaydi.
XTV nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari attestatlari namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek ularni berish vakolatlarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga berishni taklif etmoqda.
Attestatlarning blankalari Davlat inspeksiyasi buyurtmanomalariga koʻra Markaziy bank huzuridagi «Davlat belgisi» DIChBda himoyalangan qogʻozda bosib chiqariladi.
Berilgan attestat umumiy oʻrta ta’lim olganlikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va хususiy maktab bitiruvchisiga boshqa oʻqishga kirish imkonini beradi.
Xususiy maktablar bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyadan oʻtkazilishi va ularga attestatlar berilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza keyinroq ishlab chiqiladi. Bu nodavlat ta’lim muassasalari tizimi rivojlanishiga imkon beradi.
Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
Oleg Gayevoy.