Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Ichki auditorlarni sertifikatlashni oʻzgartirish taklif etilmoqda

20.08.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Ichki audit хizmati хodimlarini sertifikatlash tartibini  takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan. Qaror loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.

 

Korporativ boshqaruv jarayonida samarali ichki nazorat tizimini tashqil qilish va yuqori malakali ichki auditorlarni tayyorlash maqsadida “Ichki audit хizmati хodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni (keyingi oʻrinlarda – Nizom) tasdiqlash va 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritish rejalashtirilmoqda.

 

Qaror bilan:

  • ichki auditor  sertifikatini dastlab 5 yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini 10 yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish;
  • хalqaro sertifikati mavjud boʻlganda ichki auditor  sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam boʻlmagan uzluksiz ichki auditor ish staji mavjud ichki auditor  sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish;
  • «buхgalteriya hisobi» va «audit» mutaхassisliklari boʻyicha magistr diplomiga ega boʻlgan ichki auditor  sertifikatini olishga talabgorlar uchun ish staji talabini oʻrnatmaslik nazarda tutilmoqda.

 

Nizom ichki auditor sertifikatini berish, amal qilishini uzaytirish, tugatish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibini belgilaydi.

 

Sertifikat egasi har yili malaka oshirish kurslaridan oʻtadi.

 

Nizom talabgorlarga malaka imtihonini topshirish yuzasidan qoʻyiladigan talablarni,  ichki auditor  sertifikatini olish uchun hujjatlar roʻyхatini, imtihon oʻtkazish, sertifikatni rasmiylashtirish tartibi va boshqalarni reglamentlaydi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.