Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish: maqsad belgilanib, ijrosi nazorat qilinadi

10.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

«Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilish uchun QHTBTga joylashtirildi.

 

Strategik rejalashtirish – mamlakat, uning mintaqalari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadli parametrlari, ustuvor vazifalarini belgilash, buning uchun zarur dastur va chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

 

Ushbu meхanizmning asosiy prinsiplari hamda davlat boshqaruvi organlari: Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, boshqa respublika organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilanmoqda.

 

Strategik rejalashtirish hujjatlari uchta darajada ishlab chiqiladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Respublika darajasi

Mintaqaviy daraja

Tarmoq darajasi

Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi

Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi

Iqtisodiyot tarmogʻini rivojlantirish prognozi

Oʻzbekiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi

Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi

Iqtisodiyot tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi

Hudud (tuman, shahar)ni kompleks rivojlantirish dasturlari

Iqtisodiyot tarmogʻini rivojlantirish dasturlari

 

Hujjatning har bir turi mazmuni va ishlab chiqish tartibi qonun loyihasida bayon etilgan. Ular oʻzaro muvofiq kelishi, ziddiyatlar va takrorlashlar boʻlmasligi kerak. Oʻrta muddatli strategik hujjatlar (3 yildan 5 yilgacha) uzoq muddatlilariga (5 yil va undan ortiq), qisqa muddatlilari (1 yildan 2 yilgacha) oʻrta muddatlilariga muvofiq kelishi shart. 

 

Strategik hujjatlarni amalga oshirish algoritmi belgilanmoqda. Ijrochi yoki yordamchi ijrochi boʻlgan har bir davlat organi chora-tadbirlar rejasini (odatda, 3 yillik) tasdiqlaydi. Davlat, mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish prognozlari va konsepsiyalarining ilmiy jihatdan asoslanganligini Strategik rejalashtirish boʻyicha ekspert kengashi aniqlaydi. U Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida tashkil etiladi. Oʻz navbatida, Vazirlik hujjatlarni baholash va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish bilan shugʻullanadi.

 

Strategik rejalashtirish hujjatlarining loyihalari e’lon qilinib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi, bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar koʻrib chiqiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_