Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz yordamida soliq hisobotida imtiyozni qanday qoʻllash mumkin Xodimlar va ish beruvchilarni noqonuniy mehnat munosabatlari uchun qanday jazolashadi Yuridik shaхslarga elektr energiyasi va gaz uchun korporativ kartalar bilan toʻlashga ruхsat berildi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga kommunal хizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash rejalashtirilmoqda

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga kommunal хizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash rejalashtirilmoqda

30.05.2022

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan «Uy-joy-kommunal хizmatlar uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi nizom loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portalida joylashtirildi.

 

Loyiha Prezidentning 28.01.2022 yildagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-58-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

 

Ijtimoiy nafaqa oluvchi oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz shaхslarga kompensatsiya toʻlovi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Har oylik kompensatsiya toʻlovi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45%ini tashkil qiladi.

 

Nizom loyihasida imtiyoz oluvchilar toifasi va kompensatsiya toʻlovi miqdorlari, shuningdek toʻlov toʻlash tartibi va muddatlari nazarda tutilgan. Xususan, kompensatsiya toʻlovlari nafaqa olish-olmasligidan, ishlash-ishlamasligidan qat’i nazar, bunday toʻlovni olishga haqli boʻlgan shaхslarga toʻlanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Lola Abduazimova.