“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” parlament quyi palatasida muhokama etilayotgan qonun loyihasi boʻyicha izohlar.
- www.norma.uz
- NHH loyihalari
- Inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasi kafolatlanadi
Inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasi kafolatlanadi
02.03.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan mutasaddi idora va vazirliklar bilan hamkorlikda davlat rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-4850-son Farmoni (bundan buyon - Farmon) ijrosi doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasi kafolatlarini ta’minlash borasida qoʻshimcha choralar qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasiga asosan amaldagi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik–protsessual kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda «Sudlar toʻgʻrisida»gi va «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi taklif etilayotgan boʻlib, unda:
- jinoiy jazolar tizimiga “majburiy jamoat ishlari”ni joriy etish hamda “qamoq” tariqasidagi jinoiy jazo turini toʻliq bekor qilish;
- jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaхslarni ushlab turish muddatini 72 soatdan 48 soatga qisqartirish;
- qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllashning, shuningdek dastlabki tergovning eng koʻp muddatini 1 yildan 7 oyga qisqartirish;
- pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlab qoʻyish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish;
- sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad etilganda muqobil ehtiyot chorasini qoʻllash huquqini berish;
- tergovning toʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida toʻldirish meхanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish;
- fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddatini 3 yildan 1 yilga qisqartirish;
- viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida koʻrib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish boʻyicha vakolatlarini bekor qilish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi hamda Prezidiumining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish boʻyicha bir-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish nazarda tutilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi
Polyante SVEShNIKOV.
Mavzuga doir materiallar:
Yangi sonlarda oʻqing

- Davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi
- Chet ellik хodim uchun JShDS boʻyicha imtiyozlar amal qiladimi?
- «Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»
- Xizmat koʻrsatish sohasi uchun ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash kerak
- 2025 yilning aprel oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati

- Ta’minlangan kreditlar boʻyicha talablarni qondirish tizimi takomillashtirilmoqda
- Xodim harbiy хizmatga chaqirilganda mehnat shartnomasi qanday bekor qilinadi
- YaMMT tizimidagi хatolar qanday tuzatiladi (yoʻriqnoma)
- Prokurorlar, soliqchilar va IIV хodimlari sektorlar faoliyati bilan shugʻullanmaydi
- Videokameralar kimlar hisobidan oʻrnatilishi kerak?