Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda

07.11.2017

 

QHTBT portalida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Investitsiya kodeksi konsepsiyasi loyihasi taqdim etilgan.

 

Hujjat bilan Oʻzbekistonning amaldagi investitsiya qonunchiligiga baho berilgan. Bu turli sohalar boʻylab yoyilib ketgan normativ-huquqiy hujjatlar massivi boʻlib, ushbu holat uning samaradorligini pasaytiradi hamda huquqiy qoʻllashni qiyinlashtiradi. Shu bois mazkur sohadagi amaldagi normalarni tizimlashtirish va kodifikatsiyalash taklif etilmoqda.

 

Konsepsiya mazmuni

 

Taqdim etilgan konsepsiya quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Investitsiya kodeksini qabul qilish zaruratini asoslash;
  • kodeksning tuzilmasi, predmeti, maqsadlari va vazifalari;
  • kodeksni qabul qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va yuridik oqibatlari;
  • loyiha bilan joriy etiladigan normalar;
  • investitsiya siyosatining asosiy yoʻnalishlari;
  • хorijiy davlatlarning investitsiyalar sohasidagi qonunchiligi va хalqaro hujjatlarning nizomlarini hisobga olish.

 

Investitsiya sohasida taklif etilayotgan normalar

 

1. Investitsiya faoliyatining asosiy tushunchalarini qayta koʻrib chiqish («investitsiyalar», «investor», va boshqalar).

 

Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda mazkur tushunchalar «Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunda reglamentlangan.

 

2. Ham mamlakatimiz, ham хorijiy investorlar uchun yagona huquqiy rejimni joriy etish.

 

3. Diskriminatsiya va qonunchilikdagi salbiy oʻzgarishlardan yangi kafolatlar.

 

4. Quyidagicha yangiliklarni joriy etish:

  • investor vizasi;
  • investitsiya ssudasi;
  • investitsiya soliq kreditlari;
  • investitsiya subsidiyalari;
  • konsessiya va MTBning qayta koʻrib chiqilgan muddatlari;
  • хorijiy investitsiyalash;
  • хorijiy investorlar uchun qoʻshimcha kafolatlar.

 

Kodeksni qabul qilish oqibatlari

 

1. Investitsiya munosabatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri davlat tomonidan tartibga solishdan sub’yektlarni monitoring qilish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimiga oʻtish.

 

2. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaхslari tomonidan investitsiya faoliyati sub’yektlari faoliyatiga aralashuvlar faktini kamaytirish.

 

3. Qonunchilikda ushbu sohada mavjud boʻlgan kamchiliklar va kolliziyalarni bartaraf etish.

 

4. Investorlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, ularning murojaatlarini yanada samaraliroq va tezroq koʻrib chiqish.

 

5. Qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar investorlarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida himoya qilish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.     

                                                                                                 

Lenara Xikmatova.