Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiyalar tartibga koʻra jalb etiladi

13.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan.

 

Ishlab chiqilgan hujjatda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish tartibi, shuningdek mazkur jarayonda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari, Investitsiyalar va tashqi savdo, Iqtisodiyot va sanoat, Tashqi ishlar vazirliklari hamda Savdo-sanoat palatasining vakolatlari va oʻzaro hamkorlik qilish meхanizmi belgilangan.

 

Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qarorlarni koʻrib chiqish, muhokama qilish va qabul qilishda yetakchi boʻgʻin – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi. Koʻrsatilgan vazifalarni hal etishda, idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun javobgarlik idora zimmasiga yuklatiladi.

 

Quyidagilar asosiy bosqichlar sifatida ajratib koʻrsatilgan:

  • investitsiya takliflarini kiritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • boʻlajak investorni tanlash;
  • erishilgan ahdlashuvlarni rasmiylashtirish;
  • investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini monitoring qilish.

 

Loyihada investitsiya taklifining namunaviy shakli va pasporti, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish sхemasi ham taqdim etilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, shu yil yanvar oyida davlatimiz rahbari boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha yangi, 4 bosqichli tizimni joriy etish haqida soʻz yuritilgan edi

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.    

 

Oleg Zamanov.