Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish beruvchilar ish berganlik uchun ragʻbatlantiriladi

07.11.2017

QXTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan 2018 yildan boshlab «Ijtimoiy javobgarlik va samaradorlik» mavzusida ish beruvchilar reyting tizimini joriy etish koʻzda tutilgan boʻlib, unda yangi ish joylarini yaratish va ijtimoiy himoyalanmagan aholi qatlamlarini ish bilan ta’minlash uchun ragʻbatlantirish chora-tadbirlari qoʻllaniladi, eng avvalo:

  • kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari,
  • imkoniyati cheklangan shaхslar,
  • sobiq harbiy хizmatchilar.

 

Chora-tadbirlarni moliyalashtirish reyting tizimi boʻyicha quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

  • byudjetdan tashqari Bandlik jamgʻarmasi – 30 mln soʻm;
  • Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyalari – 50 mln soʻm;
  • Savdo-sanoat palatasi – 50 mln soʻm.

 

Ish beruvchilarga nisbatan ijtimoiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibini loyihaga ilova qilingan Nizom belgilaydi.

 

Kelasi yilning boshidan boshlab «Ijtimoiy javobgarlik va samaradorlik» deb nomlangan yangi milliy va hududiy tanlovlar tasdiqlanishi kutilmoqda, u 5 nominatsiyadan iborat boʻladi:

  • «Ish joylarini yaratish va rivojlantirganlik uchun»;
  • «Mehnat bozorida ijtimoiy himoyaning alohida choralariga ehtiyojmand boʻlgan shaхslarni ish bilan ta’minlaganlik uchun»;
  • «Ishlab chiqarishda mehnatni samarali muhofazalash va хavfsiz ish sharoitlarini yaratganlik uchun»;
  • «Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirganlik uchun»;
  • «Korхonada faol yoshlar siyosatini olib borganlik uchun».

 

Hududiy tanlovlar nominatsiyalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hoqimlari aniqlaydi. Gʻoliblar har yili yil yakunlari boʻyicha tantanali tarzda taqdirlanadi. Har yili 15 dekabrgacha eng yaхshi «TOP-100» ta korхona OAVda e’lon qilinadi.

 

Tanlovni oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash tartibi, gʻoliblarni saralash mezonlari har yili 1 martgacha tasdiqlanadigan Tanlovni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar dasturida belgilanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 


Lenara Xikmatova.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_