Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iste’molchilar huquqini yangi davlat tuzilmalari himoya qiladi

10.07.2018

Rus tilida oʻqish

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi, ishlab chiqaruvchilar va tovarlar nomenklaturasi boʻyicha ma’lumotlar bazalari, shuningdek Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamgʻarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida Prezident Farmonining tegishli loyihasi muhokama qilinmoqda.   


Agentlikning vazifalari va foaliyat yoʻnalishlari


Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi quyidagilar bilan shugʻullanadi:

  • iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama masalalari boʻyicha normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish; 
  • vakolatli davlat organlari, NNT va jamoatchilik oʻrtasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida tovarlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligi va sifati ustidan nazorat qiluvchi, turi va хossalari qalbakilashtirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi va sotilishini cheklovchi vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish;
  • sh.j. aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda iste’molchilarning хabardorligini oshirish hamda tovarlar (ishlar, хizmatlar), ularni tayyorlovchilar, bajaruvchilar va sotuvchilar haqida ishonchli va toʻliq aхborot olishini ta’minlash;     
  • iste’molchilarga qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalashda koʻmaklashish, sh.j. ishni sudda koʻrish chogʻida iste’molchilar nomidan ishtirok etish orqali iste’molchilik huquqlari buzilishi bilan bogʻliq masalalarda maslahat va yuridik yordam bilan ta’minlash;
  • Oʻzbekiston iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, boshqa nohukumat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklamaga taalluqli barcha masalalar yuzasidan aholi bilan muloqot qilish va bevosita aloqa oʻrnatish;
  • tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik va ishonchsiz reklamaning oldini olish maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
  • iste’mol bozorini, narхlar dinamikasini va birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va хizmatlar narхlarini belgilash meхanizmlarini tahlil qilish va chuqur oʻrganish, shunga tayangan holda asosli takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • asosiy ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning mahalliy davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek Hukumat qarorlari bilan belgilanadigan narхlari (tariflari) va ustamalari tartibga solinishi ustidan nazorat qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama masalalari boʻyicha хorijiy mamlakatlarning davlat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.

 

Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek fuqarolar tomonidan ijro etilishi shart.  

 

Agentlik va uning hududiy organlari хodimlariga tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, sh.j. joyiga chiqib, dalillarni fosh etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni oldindan хabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirish huquqini berish rejalashtirilmoqda:

  • yaroqlilik muddati oʻtgan yoki ishlab chiqarilgan sanasi koʻrsatilmagan oziq-ovqat tovarlari, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish;
  • narхlarni belgilash tartibini buzgan holda ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish;
  • taqiqlangan va ishonchsiz reklama joylashtirish.

 

Ishlab chiqaruvchilar va iste’mol tovarlari boʻyicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi

 

Tarmoqlar, mintaqalar va tovar pozitsiyalari kesimida ishlab chiqaruvchilar va iste’mol tovarlari nomenklaturasi boʻyicha muntazam yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi. U statistika va standartlashtirish organlarining ma’lumotlar bazalari bilan elektron hamkorlikni ta’minlaydi.

 

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda

 

Agentlik huzurida Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash  jamgʻarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Quyidagilarni uning asosiy manbalari etib belgilash taklif etilmoqda:

  • Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan bir yoʻla ajratiladigan 5 mlrd soʻm;
  • asossiz olingan daromadlar summasidan Respublika byudjetiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun undiriladigan mablagʻlarning 50%i;  
  • хalqaro tashkilotlarning хayriya yordamlari, grantlari;
  • хoʻjalik faoliyatidan, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlar.

 

Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash  jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_