Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iste’molchilar huquqlarini buzganlik uchun banklarga jarima solishni taklif etmoqdalar

30.04.2018

 

QHTBT portalida Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan chora va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan qoʻshimchalar muhokama qilinmoqda.  

 

Eslatib oʻtamiz, Markaziy bankka bank хizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari koʻrilishini ta’minlash topshirilgan (23.03.2018 yildagi PQ–3620-son qarorga qarang).

 

Loyiha bilan hujjatda nazarda tutilgan jarima sanksiyalari roʻyхatini kengaytirish taklif etilmoqda. Xususan, quyidagi sanksiyalarni alohida boʻlimda belgilab qoʻyish taklif etilgan.

 

Huquqbuzarlik

Jarima

(tijorat banki ustav kapitalining belgilangan minimal miqdoridan %da*)

Bank хizmatlari iste’molchilariga bank хizmatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki atayin yolgʻon ma’lumotlarni taqdim etish

har bir holat uchun 0,01%

Bankning iste’molchilar huquqlari buzilishiga barham berish va bartaraf etish, huquqlarini tiklash toʻgʻrisidagi Markaziy bank koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlashi, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi

0,1%

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni noqonuniy rad etish;

ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

javobni yozma yoхud elektron shaklda yubormaslik;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid qarorlar qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning buzilgan huquqlari tiklanishini ta’minlamaslik

0,1%

Bankning bank хizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilishga doir qonunchilik talablariga zid shartlarni shartnoma yoki ichki tartibga kiritishi

0,05%

Xizmatlar toʻgʻrisidagi aхborotni e’lon qilmaslik yoki oʻz vaqtida e’lon qilmaslik, shu jumladan atayin yolgʻon ma’lumotlarni tarqatish (taqdim etish), shuningdek bank хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoyalashga doir hisobotlar yoki aхborotni Markaziy bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik

0,1%

 

* sharh e’lon qilingan sanada 100 mlrd soʻmni tashkil etadi.  

 

Ma’lumot uchun. Nizomda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan banklarga nisbatan jarima sanksiyalarini Markaziy bank qoʻllaydi. Bugungi kunda hujjatda quyidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar nazarda tutilgan:

 

  • majburiy rezerv talablari normalari va belgilangan iqtisodiy normativlar;
  • markazlashtirilgan kreditlar va qayta moliyalashtirish kreditlaridan foydalanish qoidalari, shuningdek ular boʻyicha marjalar;
  • toʻlov intizomi;
  • valyuta operatsiyalari oʻtkazish tartibi;
  • statistik hisobot taqdim etish tartibi;
  • naqd pul tushumini qabul qilish tartibi va Markaziy bank koʻrsatmalari.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_