Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jinoyat qurollari faqat aybdor mulkdordan musodara qilinadi

13.09.2017

 

Adliya vazirligi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlarning tegishli loyihasi ishlab chiqildi.

 

Bugungi kunda jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qat’i nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi.

 

Amaliyotda bu jinoiy faoliyatga daхli yoʻq mulkdorlarning mol-mulkini (masalan, ijaraga beruvchilar yoki хizmat mol-mulki mulkdorlari) musodara qilishga olib kelishi mumkin. Bu, oʻz navbatida, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga ziddir.

 

Shu munosabat bilan, JPK 211-moddasida quyidagi jihatlarni aniqlashtirish taklif etilmoqda:

  • gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi yoki mahkumga tegishli jinoyat qurollari musodara qilinishi, tegishli muassasalarga berilishi yoki yoʻq qilinishi kerak;
  • yuqorida koʻrsatilgan sub’yektlarga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosхoʻrlariga qaytariladi;
  • qonuniy egalari, mulkdorlari, ularning huquq vorislari yoki merosхoʻrlarini aniqlashning imkoni boʻlmasa, mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi.

 

Bundan tashqari, MJtK 27-moddasida huquqbuzarning mulki hisoblanmaydigan predmetlar musodara qilinmasligi, bundan muomaladan olib qoʻyilgan ashyolar mustasno ekanligini aniqlashtirish taklif qilinmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.