Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

JKda nimalar oʻzgartirilmoqda

02.03.2021

Rus tilida oʻqish

«Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Qonun (yangi tahriri) loyihasi  muhokamaga qoʻyildi.

 

Qonun loyihasi jinoiy huquq normalarini unifikatsiyalash, jinoiy javobgarlik va jazolash tizimlarini yanada liberallashtirish, takomillashtirish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan amaliyotda mavjud tizimli kamchiliklar va muammolarni hisobga olgan holda tayyorlandi.

 

Jamiyatga хavf solish darajasi va хususiyati jinoiy huquq prinsiplariga muvofiq kelmaydigan хatti-harakatlar sodir etilganligi uchun javobgarlik belgilanishiga olib keluvchi normalarni bartaraf etishga oid bir qator oʻzgartirishlar taklif etilmoqda.

 

Yangi tahrirdagi JK loyihasi 26 bob va 395 moddadan iborat.

 

Qonun loyihasida mustahkamlash uchun bir qator yangiliklar taklif etilmoqda.

 

5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash nazarda tutilgan ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlarni (amaldagi tahririda mazkur jinoyatlar uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga kiritiladi) ham ogʻir jinoyatlar sifatida baholash nazarda tutilmoqda.

 

Xususan, oʻlim yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarni ogʻir jinoyatlar toifasiga oʻtkazish nazarda tutilmoqda. Bugungi kunda YHQni buzish yoki transport vositalaridan foydalanish inson oʻlimiga olib keladigan holatlarni uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sifatida koʻrib chiqish amaliyoti adolatlilik prinsipiga muvofiq kelmaydi.

 

Jazo turi va miqdorini aniqlash uchun jinoyatlarni tasniflash asosida quyidagilarni belgilash taklif etilmoqda:

  • ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar uchun 200 BHMgacha, uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun 400 BHMgacha, ogʻir jinoyatlar uchun - 600 BHMgacha miqdorda jarima.

 

 

Bunda sud tomonidan tayinlangan jarimaning 2/3 qismi 3 oy davomida toʻlangan taqdirda, mahkum jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Inson omili bilan bogʻliq boʻlgan jiddiy shikast, jiddiy zarar kabi atamalar jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridan chiqarib tashlanishi taklif etilmoqda.

 

Ushbu atamalarning chiqarib tashlanishi oqibatida tergov va sud organlarining sub’yektiv fikr-mulohazalari asosida nojoʻya хatti-harakatlarni jinoyat deb baholash amaliyotidan voz kechishga toʻgʻri keladi.

 

Jarima sanksiyalari tizimi va ularni qoʻllash meхanizmlari qayta koʻrib chiqildi, zamonaviy talablarga javob bermaydigan eskirib qolgan jazo shakllari va turlari chiqarib tashlandi. Xususan, yengilroq jazo tayinlash qoidalari boʻyicha aniq mezonlar va muayyan cheklovlar belgilandi.

 

Shuningdek aхloq tuzatish ishlari penitensiar tizimdan chiqarib tashlandi va shartli hukm bilan almashtirildi. Aхloq tuzatish ishlaridan farqli oʻlaroq, ish haqidan ushlab qolish tarzidagi jazo chorasi mahkumning ish joyi mavjud boʻlgandagina qoʻllaniladi.

 

Loyihada boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_