Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni rad etganlik uchun jarima – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

Kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni rad etganlik uchun jarima – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha

21.02.2018

 

QHTBT portalida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 25.01.2018 yildagi PQ–3494-son qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligiga tibbiyot muassasalari rahbarlarini hayot yoki salomatlik uchun хavf tugʻdiruvchi holatlarda boʻlgan shaхslarga shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi oʻz takliflarini Hukumatga kiritish topshirilgan edi (batafsil qarang).

 

Qonun loyihasiga binoan, MJTKga mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi 591-modda kiritiladi. Uni sodir etganlik uchun ma’muriy jarima EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ya’ni amaldagi miqdoriga koʻra 861 200 soʻmdan 1 722 400 soʻmgacha) boʻlgan miqdorni tashkil etadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.