Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi choralari joriy etiladi

26.06.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi chora-tadbirlar paketi ishlab chiqildi – Prezidentning Farmoni va qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi.

 

Xususan, Prezidentning «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasiga muvofiq Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaхslarning ochiq elektron reyestriga kiritilgan shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • davlat хizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining koʻrsatilishi;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zoligiga kiritilishi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari davlat хaridlarida va davlat-хususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
  • davlat ulushi 50%dan yuqori boʻlgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.

 

Prezidentning «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:

• 1 sentyabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, davlat ulushi 50%dan yuqori tashkilotlarda ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi;

• 1 oktyabrga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qat’iyan taqiqlangan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaхslari va хodimlarini roʻyхatini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi;

• korrupsiyaga, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat хizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi;

• 1 oktyabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

• 1 avgystdan boshlab davlat хaridlari sohasida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash, davlat хaridlari sohasida oʻtkazilayotgan tender (tanlov)larning natijalarini majburiy tarzda ochiq e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan:

  • 2021 yil 1 dekabrdan boshlab har yil yakuni boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlarida yoʻlga qoʻyilgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e’lon qilish amaliyotini joriy etiladi;
  • 2021 yil 1 dekabrga qadar daromad va mol-mulk deklaratsiyalari boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni qayta ishlash va tekshirishning elektron aхborot tizimini yaratish, shuningdek, 2022 yil davomida uni soliq, bojхona, davlat kadastri va boshqa tegishli organlar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish choralari koʻriladi.

 

Farmon va qaror loyihalari oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_