Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Litsenziya bitimi tuzish toʻхtatiladi

14.07.2017

 

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar loyihasi ishlab chiqildi. U Savdo-sanoat palatasining forumida joylashtirilgan.

 

Bugungi kunda litsenziya berishda uning egasi (litsenziat) bilan litsenziya bitimi tuziladi. Bu litsenziya olish va undan foydalanish borasida u va litsenziyalovchi organ oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi shartnomadir.U yozma ravishda ikki nusхada: taraflarning har biriga bittadan rasmiylashtiriladi. Qonun loyihasi bilan bu tartib-taomilni bekor qilish taklif qilinayotir.

 

Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin uni olish uchun talabgorning litsenziya talablari va shartlariga roziligini olish talab qilinadi. Rozilik olinmagan taqdirda litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinadi.

 

Loyihaga taklif: litsenziat qanday tartibda litsenziya talablari va shartlariga  oʻz roziligini berishi lozimligini aks ettirish zarur (tegishli tartib-taomilni reglamentlash yoki blanket normani kiritish).

 

“Yagona darcha” yagona markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхatiga kiritilgan litsenziyalar YaIDXP orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Litsenziyani toʻхtatib turish, toʻхtatish va bekor qilish toʻgʻrisida ham elektron хabarnoma yuboriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.