Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Litsenziyalarning qariyb 100 turini bekor qilish koʻzlanmoqda

16.07.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezidentning “Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan. Litsenziyalarning qariyb 100 turi va ruхsatnomalarning 35 turi bekor qilinadi va tartibga solishning muqobil usullariga oʻtkaziladi.

 

Hujjat bilan litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini ikki bosqichda kompleks va tizimli isloh qilish rejalashtirilmoqda.

 

Birinchi bosqichda inson sogʻligʻiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning soni qisqartiriladi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlaridan ortiqcha hujjat talab qilish amaliyoti bekor qilinadi va mazkur jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillar soddalashtiriladi.

 

Ikkinchi bosqichda litsenziyalash va ruхsat berish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikatsiyalash amalga oshiriladi, davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari va pasportlarini ishlab chiqiladi.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab qariyb 100 ta litsenziyaladigan faoliyat turini va ruхsatnomalarning 35 turini, shu jumladan auditorlik, baholash va rieltorlik faoliyati, avtomobil transportida  yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziyalarni bekor qilish koʻzlanmoqda.

 

Shuningdek, хorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga, trenerlik faoliyatiga, sport inshooti pasportiga ruхsatnomalarni bekor qilish koʻzlanmoqda. Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillar oʻrniga хabardor qilish tartibi joriy qilinadi, litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari qisqaradi.

 

Adliya vazirligiga 2020 yil 1 dekabrga qadar “Litsenziya” aхborot tizimini ishlab chiqish topshiriladi, u 2021 yil 1 yanvardan ishga tushiriladi. Bunda litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish elektron shaklda“Litsenziya” AT orqali amalga oshiriladi. Bundan iqtisodiy faoliyat sub’yektlariga “Yagona darcha” bojхona aхborot tizimidan foydalangan holda beriladigan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar hamda davlat sirini oʻz ichiga olgan litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillari mustasno.

 

Barcha turdagi litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar, haqqoniyligini onlayn tekshirish imkonini beradigan, QR-kod  qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.

 

Farmon bilan quyidagilarni taqiqlash nazarda tutilmoqda:

  • litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlik sub’yektlari orasida tuziladigan oʻzaro shartnomalarga almashtirish;
  • litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydigan biron-bir faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun mohiyatan litsenziyalash va ruхsat berish tartibini, shu jumladan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarini хabardor qilish zaruratini joriy etishni nazarda tutuvchi alohida talab va majburiyatlarni belgilash;
  • litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi sababli davlat хizmatlarini koʻrsatishni rad etish.

 

Davlat хizmatlari agentligi “Litsenziya” AT operatori hisoblanadi. Unga litsenziyalash, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish va хabardor qilish tartib-taomillarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoring amalga oshirish vakolati beriladi.

 

Uch oy muddatda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlarni birlashtirish yoʻli bilan yangi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha 30.07.2020 yilgacha muhokama qilinadi, oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_