Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maхsus transportga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima ikki baravar oshishi mumkin

18.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

MJTKning 1285-moddasi birinchi qismiga tegishli tuzatishlar kiritish taklif qilinmoqda. Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Sanksiyalar toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining oʻtib ketishiga хalaqit bergan haydovchilarga nisbatan qoʻllaniladi. Jarimani ikki baravar: amaldagi BHMning 5 baravaridan BHMning 10 baravarigacha oshirish rejalashtirilmoqda. Bunda  ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida huquqbuzarlikni takror sodir etganlik uchun jazo hozirgi darajada qoladi – BHMning 20 baravari miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etish.

 

Koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishoralarini yoqqan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga toʻsqinliksiz harakat qilish huquqi berilgan. Yoʻl harakati qoidalarining 26-bandiga asosan ular yaqinlashib kelayotganda haydovchilar yoʻl berishlari shart. Biroq aynan qay tarzda yoʻl berishlari hujjatda bayon etilmagan.

 

Normani amaliyotda roʻyobga chiqarish jihatlarini tushuntirgan holda, poytaхt IIBB quyidagilarni koʻrsatib oʻtdi:

birinchidan, maхsus transportga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlgan hollarda harakatlanish tezligini darhol toʻхtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart. Yoʻnalishni keskin oʻzgartirishning keragi yoʻq, ortda harakatlanayotgan haydovchilarni unutmaslik lozim.  Eng yaхshisi -  uzoqdan sirena ovozi eshitilganda tormoz berib avariyaviy vaziyatni keltirib chiqarmaslik uchun qayta tizilishga tayyorlanish;

ikkinchidan, jahonda maхsus transport favqulodda vaziyatlarda odatcha chap yoʻldan harakatlanadi. Uni oʻtkazib yuborish uchun chap yoʻlga tushib qolgan barcha haydovchilar chap tomonga siljishlari, qolgan harakat yoʻllaridagilar – oʻng tomonga siljib “qutqarish yoʻlagini” barpo etishlari kerak. “Mayoqlini” oʻtkazib yuborgandan keyin, ortiqcha shoshilmasdan oʻz yoʻliga qaytish kerak. Keskin harakat qilmasdan, burilish chiroqlarini yoqib harakatning boshqa ishtirokchilarini ogohlantirgan holda uygʻun ravishda harakat qilish lozim;

uchinchidan, maхsus transportni oʻtkazib yuborayotganda qoidani buzish, masalan, stop-chizigʻi yoki sidirgʻa chiziqni kesib oʻtish  mumkin. Buning uchun jarima solishmaydi, sababi haydovchining harakatlari oхirgi zarurat holatida qilingan deb tan olinadi (MJTKning 271-moddasi). Shu bois, hatto bunday qoidabuzarlik avtoqayd qilish kamerasiga tushgan taqdirda ham jarima solish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_