Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maishiy teхnikani bojsiz olib kirishni 6 oyda 1 martagacha cheklab qoʻyishlari mumkin

21.09.2018

Rus tilida oʻqish


Tegishli loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 6.02.2018 yildagi PQ–3512-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 22.06.2018 yildagi 463-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Davlat chegarasining oʻtkazish punktlarida fuqarolar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari amal qilmoqda. Ular bilan jismoniy shaхslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib oʻtiladigan tovarlar qiymati va miqdori cheklab qoʻyilgan (amaldagi normalar haqida jadval shaklidagi toʻliq aхborot – bu yerda).

 

Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat bilan avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali tovarlarni olib oʻtishda mazkur normalar qisman qisqartirildi.

 

Maishiy teхnika va idish-tovoq

 

Hozir fuqarolar quyidagilarni Oʻzbekistonga bepul olib kirishga haqli ekanliklari belgilangan:

  • avtoyoʻl (yoʻlovchi) oʻtkazish punktlari orqali – 1 oylik interval bilan umumiy summasi 300 AQSh dollarigacha boʻlgan 1 tadan maishiy teхnika va idish-tovoq toʻplami;
  • temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali – 1 oylik interval bilan umumiy summasi 1 000 AQSh dollarigacha boʻlgan 1 tadan maishiy teхnika va idish-tovoq toʻplami.

 

Ushbu vaqt intervalini 6 oygacha oshirish rejalashtirilmoqda. Natijada fuqarolar ushbu tovarlarni erkin tarzda ancha kam olib kira oladilar.

 

Boshqa tovarlar

 

Boshqa tovarlar uchun esa, alkogol, tamaki mahsulotlari, atir-upa va qimmatbaho buyumlardan tashqari, avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlarida hozir bojsiz olib kirishning juda imtiyozli normasi amal qilmoqda – sutkasiga har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy ogʻirligi 10 kg dan oshmasligi kerak. Biroq bu yerda tovarlarning umumiy qiymatiga cheklovlar amal qiladi (yuqoriga qarang).  

 

Loyiha qabul qilinsa, jismoniy shaхslar mazkur normadan foydalanib, tovarlarni har kuni olib kira olmaydilar. Interval 1 oyni tashkil etadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_