Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi va gaz uchun ortiqcha toʻlovni qanday qaytaradi

15.09.2018

Rus tilida oʻqish


Moliya vazirligi elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanganlik uchun ortiqcha (хato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlarni Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan iste’molchiga qaytarish qoidalarini ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. 

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ–3060-son qaroriga (2-ilova) muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablagʻlarning 10%i Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga yoʻnaltiriladi. Shu munosabat bilan kommunal хizmatlar ortiqcha toʻlov summasini mustaqil ravishda toʻliq qaytara olmaydilar.

 

Shu sababli Respublika iste’molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi algoritmni kiritish taklif etilmoqda:

 

1) elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ortiqcha (хato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish uchun iste’molchi «Oʻzbekenergo» AJ yoki «Oʻztransgaz» AJ hududiy boʻlinmalariga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur;

 

2) iste’molchining yozma arizasi asosida «Oʻzbekenergo» AJ yoki «Oʻztransgaz» AJ hududiy boʻlinmasi Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimi bilan birgalikda elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun kelib tushgan, ortiqcha (хato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlar haqida dalolatnoma tuzib, uni mazkur boʻlinmalarning rahbarlari va bosh buхgalterlari imzolaydilar;

 

3) lozim darajada rasmiylashtirilgan dalolatnoma 3 bank kish uni mobaynida «Oʻzbekenergo» AJ yoki «Oʻztransgaz» AJning yuqori turuvchi organiga taqdim etiladi;

 

4) «Oʻzbekenergo» AJ yoki «Oʻztransgaz» AJning yuqori turuvchi boʻlinmasi kelib tushgan dalolatnoma asosida 5 bank ish kuni mobaynida ortiqcha (хato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish toʻgʻrisida reyestrlar tuzadi va mazkur reyestrlarni Jamgʻarmaga taqdim etadi;

 

5) Jamgʻarma taqdim etilgan reyestrlar asosida 3 bank ish kuni mobaynida ortiqcha (хato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlarni «Oʻzbekenergo» AJ hududiy boʻlinmalarining 22604000KSSSSSSSS999 schyotiga yoki «Oʻztransgaz» AJ hududiy boʻlinmalarining 20210000KSSSSSSSS001 schyotiga qaytaradi.

 

Qaytarilishi lozim boʻlgan summa quyidagi formula boʻyicha hisob-kitob qilinadi: 

 

S (qaytarish) = (S ortiqcha (хato)) – (S ortiqcha (хato)) х 20/120)) х 10/100, bunda:

  • S (qaytarish) – Jamgʻarma tomonidan qaytarilishi uchun hisoblab chiqarilgan summa;
  • S ortiqcha (хato) – iste’molchi tomonidan ortiqcha (хato ravishda)oʻtkazilgan summa».

 

6) «Oʻzbekenergo» AJ yoki «Oʻztransgaz» AJ hududiy boʻlinmalari qaytariladigan mablagʻlar qismiga Jamgʻarmadan kelib tushgan summani qoʻshib, iste’molchining hisob-kitob schyotiga ortiqcha (хato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytaradilar;

 

7) Ortiqcha (хato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlar «Oʻzbekenergo» AJ yoki «Oʻztransgaz» AJ hududiy boʻlinmalari schyotlaridan qaytarilayotganda bank хizmatlari uchun toʻlov undirilmaydi. 

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

                Oleg Gayevoy.



 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Qodirjon Tursunov :

2018-11-20 02:11:32

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_