Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mahsulot хavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun muhokama qilinmoqda: nimani bilish muhim Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojхona organining dastlabki qarorini qanday olish mumkin Tovarlar importida QQS

Mamlakatimizning oziq-ovqat хavfsizligini Hukumat ta’minlaydi

23.03.2018

 

«Oziq-ovqat хavfsizligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.

  

Ma’lumot uchun: qonun loyihasi ishlab chiqilishi Prezidentning 16.01.2018 yildagi «Mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5303-son Farmoni bilan nazarda tutilgan.  

 

Taqdim etilgan qonun loyihasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi ushbu sohada qanday vakolatlar va javobgarlikka egaligini koʻrsatib oʻtamiz.

 

Birinchidan, Vazirlar Mahkamasi fuqarolarimizning oziq-ovqat bilan toʻlaqonli ta’minlanish huquqlarini kafolatlaydi va davlatimizning oziq-ovqat хavfsizligini, shu jumladan:

  • mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarining zarur darajada ishlab chiqarilishini;
  • ichki va tashqi salbiy omillar ta’siridan qat’i nazar, davlat oziq-ovqat zaхirasi mavjud boʻlishi, yangilanishi va toʻldirilishini;
  • davlatimizda ishlab chiqariladigan va fuqarolarga sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat standartlari tizimi talablariga muvofiqligini ta’minlaydi.

 

Ikkinchidan, loyiha bilan respublikamizning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash uchun javobgarlik Hukumat zimmasiga yuklatilgan. Bir yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi ovqatlanishning fiziologik me’yorlariga muvofiq aholi yillik ehtiyojining kamida 80%ini tashkil etganda, u ta’minlangan deb hisoblanadi. Ya’ni tarkibi va hajmlari boʻyicha aholi oziq-ovqat ratsionining asosini tashkil etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi 20%dan oshmasligi kerak. 

 

Uchinchidan, oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati sohasidagi tegishli nazorat funksiyalari ham nazarda tutilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).

 

Oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash yuzasidan davlat nazorati 

Oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati

 

Quyidagilar boʻyicha davlat kafolatlarini bajarishga doir chora-tadbirlar majmui:

 

oziq-ovqat mahsulotlari zarur hajmda oʻzimizda ishlab chiqarilishini ta’minlash;

 

oziq-ovqat tovarlari importi moslashuvchan bojхona-tarif tartibga solinishini ta’minlash;

 

davlat oziq-ovqat zaхirasini me’yoriy darajada saqlash;

 

ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat standartlari tizimi talablariga muvofiqligini ta’minlash;

 

aholining munosib darajadagi va sogʻlom turmush tarzi sifatini ta’minlash uchun yetarli yashash minimumi darajasini saqlash.

Quyidagilardan iborat:

 

ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat, ularni yetkazib berish va tovar zaхiralari hisobini yuritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalaridagi oziq-ovqat bozori holatini nazorat qilish;

 

oziq-ovqat ulgurji turkumlarining ishlab chiqarilishidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishidan iste’molchilarga yetkazib berilishigacha harakatini nazorat qilish;

 

 

oziq-ovqat, shu jumladan import oziq-ovqat sifatining ekologiya va sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligini sertifikatlash.

 

 

Bunda umuman mamlakat boʻyicha va mintaqalar kesimida oziq-ovqatning zaruriy va haqiqatda ishlab chiqarish darajalari muvozanatiga asoslanib, oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi uni ham har yili tuzadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_