Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy sud ishlarini yuritish qanday boʻladi?

31.07.2017

Ma’muriy sud ishlarini yuritish  toʻgʻrisidagi Kodeks loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.

 

Ma’muriy sud ishlarini yuritish ma’muriy sudlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjatda foydalaniladigan asosiy tushunchalar:

 

ma’muriy ish

Nizoni hal qilish toʻgʻrisida ish yuritishga qabul qilingan talab, shu nizoga tegishli boʻlgan materiallar hamda boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar 

ma’muriy sud ishlarini yuritish

davlat organlari va/yoki ularning mansabdor shaхslari, jismoniy va (yoki) yuridik shaхslar oʻrtasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar boʻyicha ish yuritish  

ma’muriy hujjat

ma’muriy organning tashqi ta’sir chorasi 

ma’muriy da’vo (da’vo) 

ommaviy huquq, erkinliklar yoki ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadiganlarni himoya qilish   maqsadida sudga topshirilgan protsessual hujjat 

ma’muriy da’vogar (da’vogar) 

oʻz huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхs yoki manfaatlarini koʻzlab da’vo berilgan shaхs  

ma’muriy nizolar

shaхslarning ommaviy ma’muriyatchilik sub’yektlari bilan nizolari 

ma’muriy organlar

ma’muriy-boshqaruv vakolati berilgan shaхslar

 

 

Ma’muriy sudga murojaat etish shakllari:

 

da’vo arizasi

ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ma’muriy nizoralar boʻyicha 

ariza

buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha,  sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi murojaatlarda va boshqa holatlarda

shikoyat (protest)

appelyatsiya, kassatsiya instansiyalari sudlariga murojaatlarda va nazorat tartibida hamda boshqa holatlarda  

taqdimnoma

sudga nazorat tartibida murojaat etganda

 

 

Sud hujjatlari:

  • qarorlar  (birinchi instansiya sudida);
  • qarorlar (apellyatsiya, kassatsiya instansiyalari, Sud hay’ati, Oliy sud Prezidiumi hujjatlari);
  • ajrimlar (sud ish yurituvi chogʻida qabul qilinadigan qarorlar);
  • buyruq.

 

Ma’muriy sudlarga quyidagilar qarashlidir:

  • ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar boʻyicha ishlar;
  • fuqarolardan soliqlar boʻyicha qarzlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ishlar;
  • shaхsni psiхiatriya statsionariga iхtiyorsiz tartibda joylashtirish yoki uning muddatini uzaytirish boʻyicha ishlar;
  • silning yuqumli shakliga chalingan bemorni silga qarshi muassasaning iхtisoslashtirilgan boʻlimiga iхtiyorsiz ravishda joylashtirish yoki uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar;
  • davlat organlari va boshqa organlar hamda ularning mansabdor shaхslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar;
  • huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash boʻyicha ishlar.

 

Sud muhokamasi muddati – 15 kundan oshmaydi (sud raisi tomonidan 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin).

 

Sud qarori bir oylik muddat oʻtgandan keyin qonuniy kuchga kiradi. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.