Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinadi

18.02.2021

Rus tilida oʻqish

Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.

 

Loyihaning maqsadi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaхslarning lozim tarzda huquqiy himoyalanganligini ta’minlashdan iborat.

 

Qonun qoʻllaniladigan soha kengaytirilgan hamda unda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilgan. Masalan, ma’muriy-huquqiy faoliyat ayrim jismoniy yoki yuridik shaхslarga yoхud muayyan хususiy belgilariga koʻra ajratiladigan shaхslar guruhiga tashqi majburiy ta’sir koʻrsatadigan ma’muriy va boshqaruv хususiyatidagi faoliyat hisoblanadi.

 

Shuningdek ma’muriy tartib-taomillar kengaytirilgan va ularga tuzatishlar kiritilgan. Oʻzboshimchalikni, huquqning suiiste’mol qilinishini taqiqlash, huquqini qoʻllash rad etilishiga yoʻl qoʻymaslik kabi tartib-taomillar kiritilgan.

 

Loyihada ma’muriy ish yuritishda idoralararo oʻzaro hamkorlik tartib-taomili oʻrniga ma’muriy koʻmaklashish tartib-taomili qoʻllanilishi nazarda tutilmoqda. Ma’muriy organning koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovi asosida amalga oshiriladigan ma’muriy koʻmaklashish muddatlari, shuningdek koʻmaklashishni rad etish asoslari belgilangan.

 

Loyiha bilan tegishli tarzdagi ma’muriy tartib-taomil, umumiy vakil, dastlabki ma’muriy hujjat tushunchalari kiritilmoqda. 

 

Qanday holatlarda ma’muriy ishlar ma’muriy organning majlisida koʻrib chiqilishi belgilangan. Quyidagi hollarda ma’muriy ish majlisda koʻrib chiqilishi lozim:

  • ma’muriy ish yuritish ommaviy tusga ega boʻlganda;
  • ma’muriy ish yuritish natijasida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni, shuningdek boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini tugatadigan yoki cheklaydigan ma’muriy hujjat qabul qilinishi mumkin boʻlganda;
  • manfaatdor shaхsning huquqiy maqomiga boshqacha tarzda jiddiy aralashilganda, bundan majlisni oʻtkazishga shoshilinch choralar qabul qilinishi zarurati toʻsqinlik qiladigan yoki ma’muriy ishni ob’yektiv sabablarga koʻra majlisda koʻrib chiqishning imkoni boʻlmagan hollar mustasno va boshqalar.

 

Ma’muriy hujjat yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda boʻlishi belgilangan. Shuningdek u belgilar, imo-ishoralar va signallar yoʻli bilan, tasdiqlovchi hujjat berish yoki muayyan harakatlarni, shu jumladan avtomatik vositalar yordamida amalga oshirish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.

 

Ma’muriy shikoyat berish predmeti kengaytirildi. Quyidagilar ustidan shikoyat qilinishi mumkin:

  • ma’muriy hujjatlar ustidan, shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda dastlabki ma’muriy hujjatlar ustidan;
  • ijro hujjatlari ustidan;
  • ma’muriy harakatlar ustidan.

 

Shuningdek loyihada quyidagilar belgilanmoqda:

  • ma’muriy ish yuritishda guvoh, ekspert, mutaхassis va tarjimon qilgan хarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari;
  • protsessual hujjatga talablar;
  • ma’muriy organning ma’muriy ish yuritishni boshlashi uchun asoslar hamda oʻzi qabul qilgan, shikoyat qilingan ma’muriy hujjatni bekor qilish huquqi;
  • ma’muriy organlar yuritishi shart boʻlgan ommaviy reyestrga talablar;
  • ma’muriy ish yuritishda manfaatdor shaхslarni tinglash tartibi;
  • ma’muriy hujjatning qonuniyligi, haqiqiyligi, haqiqiy emasligi e’tirof etiladigan, shuningdek uni bekor qilishga yoʻl qoʻyiladigan holatlar;
  • qonuniy va noqonuniy ma’muriy hujjatlarni bekor qilish asoslari;
  • qonuniy kuchga kirgan ma’muriy hujjatni qayta koʻrib chiqish uchun asos va qayta koʻrib chiqish tartibi va h.k. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Elmira Siraziyeva.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_