Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Metsenatlar qanday ragʻbatlantiriladi

12.06.2018

Rus tilida oʻqish

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan «Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ayni vaqtda hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.



Hujjat qabul qilinishi bilan metsenatlik faoliyati sub’yektlarining huquqiy maqomi, metsenatlik faoliyati va madaniy homiylikni amalga oshirish tartib-taomillari belgilanadi. Loyihada metsenatlik faoliyatida metsenatlik madadi shaklini tanlash va uni amalga oshirishda erkinlikni cheklash taqiqlanishi nazarda tutiladi.

 

Shartnoma asosida



Metsenatlik faoliyati metsenat va benefitsiar oʻrtasidagi shartnomaga koʻra amalga oshiriladi. Shartnoma yozma shaklda rasmiylashtiriladi, jismoniy shaхslar tomonidan ekvivalenti 1000 AQSh dollarigacha boʻlgan summada metsenatlik madadi koʻrsatish holatlari bundan mustasno. Metsenat va metsenatlik madadini oluvchi oʻrtasidagi shartnomada metsenatlik faoliyatining maqsadi, yoʻnalishi, shakli, shartlari va mazmuni belgilanadi.

 

Metsenatlik faoliyatiga cheklov



Qonunda quyidagi holatlarda metsenatlik madadini koʻrsatish rejalashtirilmoqda:

  • benefitsiar faoliyati uning ustav hujjatlariga muvofiq soni cheklanmagan shaхslar va shaхslar guruhiga tatbiq etilganda;
  • benefitsiar rahbariyati metsenatlik faoliyati doirasida olingan metsenatlik madadi tarkibidan oʻz ish haqini shakllantirmaydigan, shuningdek u bilan bogʻliq biror-bir mulkiy yoki foydalanish imtiyozlarini olmaydigan hollarda;
  • metsenatlik faoliyati doirasida benefitsiarga koʻrsatilgan madad benefitsiarlarning bellashish qobiliyatlarini oshirish uchun foydalanilmasligi kerak.

 

Foto – mablagʻlarning maqsadli sarflanishi tasdigʻi



Hujjat qabul qilingan taqdirda benefitsiarlar bir oyda kamida bir marta OAV yoki oʻz veb-saytlarida olingan metsenatlik madadi haqidagi hisobotni e’lon qilishlari shart boʻladi. E’londa metsenatlik madadi olinishidan oldingi holat, shuningdek undan foydalanilgandan keyingi holat surati va/yoki videotasviri koʻrsatilgan holda, olingan metsenatlik madadining qiymati, undan foydalanish shartlari va natijalari keltiriladi.



Metsenatlik madadini oluvchilar - byudjet tashkilotlari va davlat muassasalari davlat hokimiyat organlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga metsenatlik madadi asosida bajarilayotgan ishlar mazmuni va ular qanday ketayotganligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart boʻladi.  

 

Metsenatlar ragʻbatlantiriladi



1) Benefitsiar quyidagi tarzda metsenatlik faoliyatini ragʻbatlantirish huquqiga ega:

  • metsenatga 1 kalendar yilida kamida 1 marta oʻsha kalendar yilda metsenatdan olingan metsenatlik madadi miqdorining 15%dan ortiq boʻlmagan qiymatdagi madaniy qimmatliklar koʻrinishida ragʻbatlantiruv tusidagi mukofotlarni taqdim etish;
  • metsenatlik faoliyati doirasida olingan mablagʻlar, shuningdek metsenatlik madadidan foydalangan holda tashkil etilgan mol-mulk yoki uning bir qismi yordamida faoliyatni amalga oshirishda metsenat nomi, nomlanishi, logotipi va/yoki metsenatni identifikatsiyalashning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shaklini eslatib oʻtish va/yoki joylashtirish.

 

2) Madaniyat vazirligi quyidagilarni ta’sis etish huquqiga ega:

  • jismoniy va yuridik shaхslar shaklidagi metsenatlar uchun har yillik mukofotlar (madaniy homiylik doirasida metsenatlik madadi koʻrsatilgan yuridik shaхs shaklidagi metsenatlar bunday mukofotlarni olish huquqini yoʻqotadilar).
  • Oʻzbekiston Respublikasining madaniy merosi va/yoki madaniy merosini tashkil qiluvchi madaniy qimmatliklarni metsenatlik faoliyati sifatida mamlakat muzeylari davlat fondiga beruvchi metsenatlar uchun maхsus mukofotlar va ragʻbatlantirish shakllari.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_