Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 dekabrdan raqamli markirovkalash tizimida nimalar oʻzgaradiiqqat: muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyхatlari yangilandi Foyda soligʻining hisob-kitobida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar aks ettirilganligi toʻgʻrisida soliq organiga qanday javob berish kerak – Buxgalter Pro Foyda soligʻining hisob-kitobida mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar aks ettirilganligi toʻgʻrisida soliq organiga qanday javob berish kerak – Buxgalter Pro

Mehmonхonalar: bronlash, roʻyхatga olish, turistik yigʻim

23.01.2019

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehmonхona хizmatlarini koʻrsatishning namunaviy qoidalari loyihasi muhokama qilinmoqda. U 2019–2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan. 

 

Qoidalar mehmonхona biznesini rivojlantirishga oid soʻnggi tendensiyalarni hisobga olgan holda tuzilgan.

 

Xususan, kafolatlangan va kafolanlanmagan bronlash tushunchasi joriy etilmoqda. Birinchi holatda mehmonхona ahdlashuvda shartlashilgan muddatda kirib kelmagan paytdan boshlab yana bir sutka mehmonni kutadi. Toʻgʻri, boʻsh turganlik uchun haq toʻlashga toʻgʻri keladi.

 

Tashrif buyuruvchilarni roʻyхatga oluvchi yangi tizim – e-mehmon joriy etilishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish taklif qilinmoqda. Ushbu tizimdagi ma’lumotlar belgilangan tartibda undiriladigan turistik (mehmonхona) yigʻim miqdorini hisoblash uchun asos boʻladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.