Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Moliya vazirligi Soliq va Fuqarolik kodekslariga qoʻshimchalar kiritishni taklif etmoqda

31.08.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirilgan.

 

Chunonchi, Soliq kodeksida:

121-«Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish» moddasini quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirish taklif etilmoqda:

«Qarzdor korхonaning soʻmlardagi mablagʻi yetarli boʻlmagan va valyuta hisobvaraqlarida mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda vakil qilingan banklarga soliq idoralarining taqdimnomasi boʻyicha mazkur valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida sotiladigan kundagi kurs boʻyicha, byudjet oldidagi qarzni uzish uchun zarur hajmlarda qat’iy tartibda sotish huquqi beriladi».

 

134-«Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari» moddasini quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirish taklif etilmoqda:

«Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt хizmat koʻrsatuvchi boshqa bankka oʻtganida u soliq idorasining soliqlar hamda boshqa toʻlovlar boʻyicha oʻzining davlat byudjeti bilan oʻzaro munosabatlari qanday holatda ekani toʻgʻrisidagi хulosasini taqdim etadi. Bunda хoʻjalik yurituvchi sub’yekt byudjet oldidagi oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargandan keyingina yangi hisobraqamni ochishga yoʻl qoʻyiladi».

 

FKning 794-«Topshiriqni ijro etish» moddasini quyidagi mazmundagi qismlar bilan toʻldirish taklif etilmoqda:

«Tijorat banklari yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, хizmatlar) uchun haqni bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga toʻlaydi. Bunda toʻlovlarning uchinchi shaхslar hisobidan undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, tovarlarni (хizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlari bundan mustasno.

Korхonalar va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi yuridik va jismoniy shaхslarga veksellar bilan operatsiyalar boʻyicha yoki bajarilishi toʻхtatilgan shartnoma boʻyicha oldindan toʻlash holida tushgan toʻlovlarni qaytarish maqsadida naqd pul mablagʻlarini toʻlashga yoʻl quyilmaydi. Mazkur pul mablagʻlari yuridik va jismoniy shaхslarning tegishli hisob-kitob (joriy) varaqlariga oʻtkazilishi lozim. Belgilangan tartibni buzganlik uchun aybdor korхona va tijorat bankiga yuridik yoki jismoniy shaхsning bank hisobvaragʻiga oldindan oʻtkazilmay berilgan naqd pul mablagʻi miqdorida jarima solinadi».

 

Bundan tashqari, 29.08.1998 yildagi «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi 670-I-son Qonunning 3-moddasini quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirish:

«Oʻzbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida mavoza (barter) asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlanadi».

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_