Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda

02.12.2020

Rus tilida oʻqish

Loyiha Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va QHTBT portaliga muhokama uchun joylashtirilgan.

 

Hujjat «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunni «Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

 

Loyihada pensioner vafot etgan oydagi pensiyasini qarindoshlariga toʻliq hajmda berish nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq vafot etgan pensionerning qarindoshlariga u vafot etgan sanagacha boʻlgan kunlar uchun pensiya toʻlanadi.

 

Shuningdek loyihada «nogiron» tushunchasini «nogironligi boʻlgan shaхs» tushunchasiga oʻzgartirish taklif etilmoqda.

 

Oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan byudjetdan tashqari davlat Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda yiliga 4,4 mlrd soʻm toʻlanishi kutilmoqda.

 

Loyiha qabul qilinishi bilan Vazirlar Mahkamasining 7.09.2011 yildagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritiladi. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_