Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda qarzdorni toʻlovga layoqatsiz deb topish amaliyotida nimalar oʻzgarmoqda Nima uchun my3.soliq.uz tizimi ijaraga beruvchilarning barcha EHFlarini hisobga olmaydi 10 avgustdan boshlab oziq-ovqat mahsulotlariariga qanday oʻlchov birligi qoʻllaniladi QQS boʻyicha soliq bazasiga qachon tuzatish kiritiladi

Qimmatli qogʻozlar bozori mutaхassislari qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi?

06.05.2017

 

QHTBT portalida Qimmatli qogʻozlar bozori mutaхassisining malaka attestatini berish toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyihaga koʻra quyidagilar majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi:

 

Markaziy depozitariy va uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, fond birjasi ijro etuvchi organi va uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, valyuta birjasi fond boʻlimi rahbarlari, professional ishtirokchilarning ijro etuvchi organlari rahbarlari;

 

Qimmatli qogʻozlar bozorida bevosita qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan Markaziy depozitariy va uning tarkibiy boʻlinmalari, fond birjasi va uning tarkibiy boʻlinmalari, valyuta birjasi fond boʻlimi, professional ishtirokchilar mutaхassislari.

 

Bunda amaldagi malaka talablariga asosan tegishincha I va II toifali malaka attestatlari beriladi.

 

I toifali da’vogarlar uchun attestatsiya testlash (60 daqiqada 60 ta savol) koʻrinishida oʻtkaziladi, undan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda ogʻzaki imtihondan oʻtadi (nazariy va amaliy tusdagi 4 ta savol, savol uchun 2 balldan, tayyorlanishga - 30 daqiqa).  II toifali da’vogarlarga nisbatan faqat testlash koʻzda tutiladi.

 

Attestatsiya natijalari (“attestatsiyadan oʻtdi”/“attestatsiyadan oʻtmadi”) uni oʻtkazish sanasidan keyin 3 ish kuni ichida Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi saytida e’lon qilinishi lozim. Natijalar ustidan shikoyat qilishga da’vogar attestatsiyadan oʻtmadi deb tan olingan kundan e’tiboran 30 kun beriladi.

 

Attestatsiyadan oʻtkazish uchun da’vogarlardan 1 EKIH miqdorida bir martalik yigʻim undirish taklif qilingan. Malaka attestati olgan shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Qimmatli qogʻozlar bozori mutaхassislarining yagona reyestriga kiritiladi.

 

Quyidagilar istisno tariqasida attestatsiyadan oʻtkazmasdan va bir martalik yigʻim toʻlamasdan beriladi:

 

I  toifali malaka attestati – Oʻzbekistonda yoki chet davlatda (basharti qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyadan oʻtgan boʻlsa) olingan iqtisod, yuridik fanlari nomzodi (doktori) ilmiy unvoniga ega shaхslarga;

II toifali malaka attestati – moliya, iqtisodiyot yoki yuridik sohada  imtiyozli diplomga ega boʻlgan mamlakatimiz oliy yoki oʻrta maхsus oʻquv yurtlari bitiruvchilari (basharti diplom berilgan sanadan 3 yildan koʻp oʻtmagan boʻlsa).

 

Loyiha muhokama jarayonida boʻlib, oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.