Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qora metallar noqonuniy oboroti uchun – EKIHning 50 baravarigacha jarima

17.04.2018

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2191-moddasiga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida e’lon qilingan. 

 

Eslatib oʻtamiz, «Oʻzmetkombinat» AJ Oʻzbekistonda lom va qora metallar chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanadi. Bunda topshirilgan lom va qora metallar chiqindilari uchun hisob-kitoblar kelishilgan, bozor asosida belgilanadigan narхlarda amalga oshiriladi (15.09.2017 yildagi PQ–3277-son qarorga qarang).

 

Ma’lumot uchun: temir va uning asosidagi qotishmalar – poʻlat, choʻyan va ferroqotishmalar qora metallar hisoblanadi.  

 

Shu munosabat bilan, qora metallarni, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzganlik uchun fuqarolarga EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – EKIHning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solish taklif etilmoqda. Ma’muriy huquqbuzarlik ashyosi – qora metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlari musodara qilinadi.

 

Bugungi kunda rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlari noqonuniy oboroti uchun хuddi shunday ma’muriy javobgarlik chorasi qoʻllaniladi. Bunda ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin shunday qilmish takroran sodir etilganligi uchun yoхud rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlari bilan bogʻliq hollarda kvalifikatsiya (ogʻirlashtiruvchi) belgilari mavjud boʻlganda jinoiy javobgarlikka tortiladi.

 

Loyihada Jinoyat kodeksining 1851-moddasiga qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmagan, binobarin, qora metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish hozircha rejalashtirilmayapti.   

 

Yuqorida tilga olingan javobgarlik chorasi qimmatbaho metallarning muomalada boʻlish qoidalari buzilganda qoʻllanmaydi, sababi bunday qilmishlar MJTKning 219-moddasi va JKning 185-moddasi boʻyicha jazolanadi.  

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_