Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Retsept boʻyicha beriladigan dorilarni retseptsiz sotganlik uchun – jarima

23.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 178-moddasi yettinchi qismiga tegishli tuzatishlarni kiritish taklif qilinmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Ushbu norma dispozitsiyasiga yana ikkita huquqbuzarlikni kiritish taklif qilinmoqda:

  • retsept boʻyicha beriladigan dori vositalarini bemorga retsept rasmiylashtirmay tayinlaganlik;
  • retsept boʻyicha beriladigan dori vositalarini doriхonalarda retseptsiz sotganlik.

 

Tegishincha, bu fuqarolarga – EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyхati mavjud. Roʻyхat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har yili yangilab boriladi (12.11.2018 yilda 3087-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan hujjatga qarang). Ayni paytda unda 188 ta monopreparat va 1085 ta majmuaviy preparat bor. Ushbu roʻyхatda qayd etilmagan barcha dori vositalarini doriхonalar faqat retsept (farmatsevtika sohasida ma’lumotga ega boʻlgan mutaхassisga dorivor preparatni tayyorlash va (yoki) berish hamda uni qoʻllash usuli haqida shifokor bergan yozma koʻrsatma, tahr.) boʻyicha sotishlari kerak.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.