Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Reklamada davlat tili boʻyicha talablarni buzganlik uchun jarima qoʻllash rejalashtirilmoqda

30.10.2023

Rus tilida oʻqish

«Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Xususan, reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik oʻrnatish rejalashtirilmoqda – BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha jarima (bugungi kunda 1,6 mln soʻmdan 2,3 mln soʻmgacha).

 

Ma’lumot: reklama tili boʻyicha quyidagi talablar oʻrnatilgan: 

1) respublika hududida reklama davlat tilida tarqatiladi;

2) ryeklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etilgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:

– reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib koʻrsatmasligi kerak;

– tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining 40 %dan oshmasligi kerak;

 – reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining oʻlchami davlat tilidagi reklama matni harfining oʻlchamidan kichik boʻlishi kerak;

 – televideniye va radiokanallarda, shuningdek bosma nashrlarda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining 20 %dan oshmasligi kerak.  

Yuqoridagi talablar quyidagi hollarga tatbiq etilmaydi:

 – faqat chet tillarda e’lon qilinadigan bosma nashrlarda va noshirlik mahsulotining boshqa turlarida joylashtiriladigan reklamaga;

 – koʻrsatuvni (eshittirishni) chet tillarda amalga oshiruvchi ommaviy aхborot vositalarining televideniye, radio, video, kinoхronikal dasturlarini namoyish etish (eshittirish) jarayonida joylashtiriladigan reklamaga;

 – Internet jahon aхborot tarmogʻidagi materiallarni faqat chet tillarda joylashtiradigan veb-saytlarning aхborot resurslariga joylashtiriladigan reklamaga.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 Sobir Nurberdiyev.